Reja: Òzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqining kafolatlari



Yüklə 61,93 Kb.
səhifə1/3
tarix13.04.2023
ölçüsü61,93 Kb.
#97293
  1   2   3
inson huquqlari Raxmonova Diyora


Mavzu: Òzbekiston Respublikasining Konistitutsiyasi inson-huquqi va erkinliklarining kafolati.


Reja:
1.Òzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqining kafolatlari.
2. Inson huquqlarining Konstitusiyaviy asoslari.
3. Òzbekistonda inson qadriga e’tibor.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi . Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning
Yüklə 61,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin