Reja: Òzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqining kafolatlari


Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi



Yüklə 61,93 Kb.
səhifə3/3
tarix13.04.2023
ölçüsü61,93 Kb.
#97293
1   2   3
inson huquqlari Raxmonova Diyora

Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning masʼulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”.Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi
Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi. 37-modda.Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Xulosa sifatida taʼkidlash inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga koʻra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim.
Yüklə 61,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin