odamlar o‘rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilof vujudga keltirganda;
pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga aylantirganda;
zo‘ravonlik va urushga sabab bo‘lganda.
Afsuski, hayotda ko‘pchilik hollarda konflikt zo‘ravonlik bilan tugaydi. Chunki ko‘pchilik konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo‘yicha maxsus bilimlarga ega emas.
Konfliktlar bo‘yicha odamlar orasida turli stereotiplar mavjud. Bu holatlar konfliktlarning asl mazmuni va mohiyatini, inson hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri baholamaslik va bilmaslik oqibatida ro‘y beradi. Ana shunday stereotiplardan, ongimizga o‘rnashib qolgan noto‘g‘ri tushunchalardan ba’zilarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, konfliktlar mazmunini yanada oydinroq tasavvur etgan bo‘lamiz.
Stereotiplar, ongimizga o‘rnashib qolgan ba’zi noto‘g‘ri tushunchalar: