Reja:“Estetika” nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan


Estetik tushunchalarini tasniflashtirish muammosi



Yüklə 69,44 Kb.
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü69,44 Kb.
#174845
1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu

Estetik tushunchalarini tasniflashtirish muammosi

Odatda go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik; kulgililik singari istilohlar haqida gap ketganida, biz ularni estetikaning mezoniy tushunchalari yoki asosiy kategoriyalari deymiz. CHunki ular estetika fanining mezonlarini belgilab beradigan istilohlar, fan salmog‘ini o‘lchaydigan o‘lchov tushunchalaridir. Ular, yuqorida aytilganidek, o‘zlari voqelik bo‘lmagani holda, estetik voqelikning mohiyati, shakli, tuzilmasi v.h. to‘g‘risida fikrlash uchun maxsus ilmiy kalit bo‘lib xizmat qiladilar. Deylik, go‘zallik tushunchasi tabiatda, jamiyatda, san’atda mavjud bo‘lgan estetik ob’ektning go‘zalligini tadqiq va talqin etish, sharxlash uchun zarur, lekin u narsa-hodisaning ob’ektiv reallikdagi estetik xususiyatini sharxlar ekan, ayni paytda shu xususiyat to‘g‘risidagi ilmiy talqin mezonlarini belgilab berish vazifasini ham o‘taydi.
Biroq masalaning bitta «lekini» bor . U ham bo‘lsa estetika nazariyasidagi eng katta «bosh og‘riqlardan» biri-estetik tushunchalarini tasniflashtirish, turkumlashtirishi masalasi. Bu borada deyarli umr bo‘yi estetik kategoriyalarining kelib chiqishi va tasnifi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan rus olimi V.P. SHestakovning quyidagi fikri diqqatga sazovor.
«Afsuski, estetikaga doir bizning adabiyotlarimizda ko‘pgina metodologik muammolar hanuzgacha hal etilgan emas, - deb yozadi olam, - xususan, nimalar o‘zi estetik kategoriyalar ekani qat’iy aniqlamagan, biz ularda qaysi tushunchalarini kategorial bilimlar doirasiga kiritish mumkinligi to‘g‘risida aniq mezonlari uchratmaymiz»11.

  1. Go‘zallik va xunuklik

Go‘zallik tushunchasi sub’ektdagi yoqimli taassurot, xush kayfiyat va quvonch uyg‘otadigan ob’ektdagi estetik xususiyatni tavsiflashga yo‘naltirilgan ilmiy atama. Estetik xususiyat sifatida esa go‘zallik muayyan komillik va yuksak qadriyatlar, insonni «erkinlikka olib boradigan yo‘ldir»12.
Go'zallik eng avvalo me'yor bilan bog'liq. Lekin bu bog'liqlik bilvosita - uyg'unlik orqali ro‘y beradi. YA’ni, nimaiki me’yorida bo‘lsa, unda uyg‘unlik xususiyat mavjud bo‘ladi; uyg‘unlik esa go‘zallikning poydevoridir. Uyg‘unlikda moslik va mutanosiblik bilan bir qatorda ba’zan nomoslik va nomutanosiblik katta ahamiyatga ega. M., terakning adlligi, pastki tanasining ustki qismiga mutanosibligi - go‘zal. Ayni paytda tok zangining egri- bugriligi, pastki qismi bilan tepa tomonining nomutanosibligi ham - go‘zal. CHunki har ikki holatda ham uyg‘unlik mavjud. Zero u uyg‘unlik ikki va undan ortiq qarama-qarshi narsa - hodisalar yoxud narsa-hodisalar unsurlarining me’yor asosida «ichki kelishuvi» dan hosil bo‘ladi. M., qiz bolaning oppoq yuzidagi moshdek yoki no‘xatdek qora xol - go‘zal, bunda oq bilan qora-qarama-qarshi ranglar me’yor asosida bir-biri bilan sig‘ishadi, uyg‘unlikni tashkil etadi, natijada yuzda go‘zal manzara vujudga keladi, aniqrog‘i, yuz go‘zallashadi. Biroq oq yuzadagi qora xol me’yordan ortiq o‘rin egallasa, yuzning katta qismini qoplab olsa, go‘zallik emas, xunuklik paydo bo‘ladi. CHunki me’yor bezilishi, qora rangning ortiqcha kattalashib ketishi uyg‘unlikka putur etkazadi.
Ba’zan muayyan bir hajm dorasidagi narsa-hodisalarning ozgina u yoq-bu yoqqa siljishi yoki o‘rin almashishi ham go‘zallikni yo‘qqa chiqaradi. Bunga avstriyalik ruhshunos va estetik Fexner qadimgi daogi faylasuflar fikrini rivojlantirib, qiziq misol keltiradi: qiz bolaning yuzidagi qizillik - go‘zallik, lekin u burunga ko‘chsa-xunuklikka aylanadi. Demak, gap faqat hajmda emas. To‘g‘ri, qadimgi faylasuflar ta’kidlaganlaridek, hajman ko‘z ilg‘amaydigan darajada kichik bo‘lgan yoki, aksincha, nigoh qamrab ololmaydigan bag‘oyat ulkan narsa-hodisalarni go‘zal deyish mushkul, lekin go‘zallik hajmdan ko‘ra ko‘proq sifat bilan bog‘liq.
Ko‘rib turibmizki, go‘zallik nihoyatda nozik, ta’bir joiz bo‘lsa, «injiq» xususiyat, xususiylik tabiatiga ega. SHu bois uni butunlay ezgulik bilan aynanlashtirish xato xulosalarga olib keladi. CHunki ezgulikning talablariga, kengroq ma’noda olsa, axloqiy qonun-qoidalar barcha uchun umumiy, go‘zallik esa har bir hodisada hususiydir. M., axloqshunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasini olaylik, u hamma uchun-erkagu ayol, yoshu qari uchun bir xolda tatbiq etiladi. Estetikada esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri «go‘zal odam» degan tushuncha yo‘q, biz faqat «go‘zal qiz», «go‘zal yigit», «go‘zal ayl», «go‘zal erkak» degan iboralarnigina qo‘llashimiz mumkin. Sababi - erkak kishi uchun yarashib tushgan mo‘ylov ayolga go‘zallik baxsh etmaydi, ayolga nisbatan olganda go‘zallik bo‘lgan ko‘kraklar erkak kishi uchun xunuklikdir.
Lekin go‘zallik bilan ezgulikning shartli ravishdagi, bilvrsita bog‘liqligi ham bor. M., har bir haqiqiy san’at asari asosida doimo axloqiy muammo yotadi, undagi ba’zi qahramonlar o‘zlarida xulqiy go‘zallik sifatlarini namoyon etadilar. SHu sababli estetikada xulqiy go‘zallik tushunchasi mavjud. Biz xulqiy go‘zallik, deganda axloq-odob qonun qoidalariga namunaviy tarzda rioya qilgan, qalban go‘zal, o‘zida axloqiy va estetik qadriyatlarni uyg‘unlashtira olgan, muayyan darajada komillikka erishgan odamni tushunamiz. «Go‘zal odam» tushunchasi faqat ana shunday hodisalardagina ishlatilishi mumkin.


  1. Yüklə 69,44 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin