Rejalashtirishning maqsad va vazifalari. Taqvim mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti
Reja.
Rejalashtirishning maqsad va vazifalari. Taqvim mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti.
Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar. O’quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar ro’yxati. Fanlarning o’zaro bog’lanish jadvali.
3.Texnologiya fanini o'qitish metodikasi.
4.Texnologiya ta'limi praktikumi.
5.Texnologiya fanini o'qitishda pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
tadbiq etish orqali ta'lim samaradorligini
oshirish .
Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Taqvim mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti.
O’quv jarayonini rejalashtirish o’qituvchining mashg’ulotlarga tayyorlanishida asosiy o’rin tutadi. O’qituvchining mashg’ulotlarga tayyorlanishi ikki bosqichni o’z ichiga oladi. Bu jarayon o’quv reja, kasb ta’limiga oid taqvimiy mavzuli reja va dasturni o’rganishdan boshlanadi. Mehnat ta’lim o’qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf o’quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy ko’nikmalarni qaysi kasb turlari bo’yicha shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbob-uskunalar moslamalar va ish qurollari kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi.
O’quv jarayonini rejalashtirishda o’qituvchi quyidagi asosiy didaktik vazifalarni hal qiladi:
-o’quv jarayonini moddiy jihatdan o’z vaqtida ta’minlash imkoni yaratiladi, xususan, ustaxonalarni turli materiallar va asboblar bilan ta’minlash muddatlari oldindan ma’lum bo’ladi;
-mehnat mashg’ulotlarining mazmuni bilan boshqa o’quv fanlarning mazmuni orasidagi bog’lanish yoritiladi;
-turli ustaxonalarning o’zaro muvofiq ish olib borishiga erishiladi, ustaxonalardagi o’zaro muvofiq ish olib borishiga erishiladi, ustaxonalardagi mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning ishlarini vaqt bo’yicha moslashtirish juda muhim bo’lib moddiy ta’minot bazasidan samarali foydalanish;
Rejalashtirishda mehnat ta’limi va kasbga yo’llash bo’yicha taqvimiy mavzuli reja, mehnatning har bir turi bo’yicha o’quv ishlab chiqarish ishlarining ro’yxati, mehnat ta’limi darslari muayyan mavzu bo’yicha darsning batafsil rejasi tuziladi.
Dars texnologiya fani oʻqitishning asosiy shakli boʻlib, uning tuzilishi, tashkil etilishi, unda oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalari mehnat ta’limi oʻqitish metodikasining asosiy muammosi sanaladi.
Fanning maqsad va vazifalari.Mehnat ta„limining didaktik tamoyillari onglilik va faollik. Ilmiylik va tizimlilik. Nazariya va amaliyot birligi. Ta’limtarbiya birligi. Ko’rsatmalilik. Mustahkam va puxta o’zlashtirish. Yosh va individual xususiyatni hisobga olish. Izchillik. Unumli mehnat asosida o'qitish. Mehnat ta'limida o'qitish shakllari Mehnat ta’limida,o'qitish shakllari. Dars (amaliy mashg'ulot). O'quv ishlab chiqarish brigadalari. O'quv sexlari. Usta hunarmandlarga biriktirib qoyish. Ekskursiya, kichik guruhlarga bo„lib o„qitish, yakka tartibda, jamoaviy, aralash o’qitish shakllari. Mehnat ta`limida o'qitish metodlari.An'anaviy (og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, muammoli). No'ananaviy o’qitish metodlari. Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi fani va uning vazifasi Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi fanining mazmuni va fanning oldiga qoyilgan maqsad va vazifalar. “Ta'lim to'g'risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “ mehnat ta'limiga oid g'oyalarning aks ettirilishi. Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta'limiga oid fikrlari. Maktab o'quv rejasida mehnat ta'limi, fanining qoyilishi, uning tarixiy taraqqiyoti Maktab o'quv rejasining mazmuni. Mehnat ta'limi darslarining o'quv rejadagi o'rni. Maktab o'quv rejasi bilan tanishtirish. O'rta Osiyoda mehnat ta`limining tarkib topishi. Maktab islohotida mehnat ta'limi fanining vazifalari. Mehnat ta'limining mazmuni, yo'nalishlar bo'yicha o'qitishga qoyiladigan talablar. Umumta'lim maktablari 1-9 sinflarda mehnat ta'limi, kasb tanlashga yo'llash mazmuni Dastur mazmuni va uning yo'nalishlari. 5-7 sinflarda umumiy mehnat tayyorgarligi. 8-9 sinf kasbiy tayyorgarlik mazmuni. Akademik litsey va kasbhunar kollej (maktab) larida o'qishni davom ettirish uchun tayyorgarlik. Mehnat ta`limi darslarini rejalashtirish Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Taqvimiy mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti. Mehnat ta'limida rejalashtiruvchi hujjatlar. O'quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar royxati.Fanlarning o'zaro bog'lanish jadvali. Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridanfoydalanish metodikasi. Ko'rgazmalilik didaktik tamoyillari asosida. Zamonaviy ta'lim vositalarining turlari va tavsifi. Ta'lim vositalarining rivojlanish istiqbollari. Elektron axborot ta'lim resurslaridan foydalanish. Mehnat jarayonining tahlilivadidaktik tushunchalar.Mehnat jarayonining tahlili. Bilim, ko'nikma, malaka, kasb, ixtisoslik; mehnat jarayoni, texnologik jarayon. Mehnat ta'limi darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi.Amaliy darsga tayyorgarlik. Joriy, oraliq va yakuniy yo'riqnomalarni o'tkazish tartibi. Dars jarayonida o'qituvchining vazifasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e'tibor. Darsni yakunlash. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasinio'qitishni tashkil qilish.Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o'rgatish metodikasi. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan asbob - uskunalar. Xalq hunarmandchiligi usullarini o'rgatish va buyum tayyorlash. Mehnat ta'limi o'qituvchisining darsga va o'quv yiliga tayyorgarligi.Mehnat ta'limi o'qituvchisining darsga va o'quv yiliga tayyorgarligi. Kasbkorlik sifatlari. Asbob-uskunalarni ishga sozlash. Xom ashyo va namuna tayyorlash. Ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar. O'qituvchining shaxsiy fazilatlari. O’quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash. Mehnatni ilmiy tashkil etish. O’qituvchining ish o’rni. O’quvchining ish o’rni. Asbob-uskuna va moslamalar. Sanitariya-gigiena va texnika xavfsizligi talablari. Mehnat ta`limid baholash mezonlari. Mehnat ta’limida, baholash turlari. Mehnat ta`limi darslari jarayonida o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarnibaholash mezoni. Baholashni obektivligi va differentsialligi. Mehnat ta’limidarslarida baho turlari (amaliy, nazariy). Baholashda hisobga olinadigan omillar.
Reyting tizimi asosida baholash. Mehnat ta’limida didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash. Didaktik vatarqatma materiallarga qo’yiladigantalablar. Test savollarini tayyorlashga qo’yiladigan talablar. Ko„rgazmali qurollarni tayyorlashga qoyiladigan talablar. Power Point dasturida taqdimot tayyorlash. Mehnat ta’limiga, oid metodik ishlar. Umumiy o’rta ta’lim tizimida mehnat ta`limi fani boyicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi. Metodik ishlarni tashkil qilish shakllari, mazmuni. Metodik ishlarni boshqarishtizimi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish. Maktab sharoitida to’garaklar tashkil qilish. Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil qitish metodikasi. Maktabdan tashqari to’garaklarga olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish Mehnat ta’limi dars jarayonida tarbiya. Mehnattarbiya. Iqtisodiy tarbiya. Ekologik tarbiya. Estetik tarbiya. Mehnat ta’limida ilmiy tadqiqot metodlari. Mehnat ta’limida ilmiy tadqiqot metodlari: kuzatish; suhbat, pedagogik ekskursiya, maktab hujjatlari va o’quvchilar bajaradigan ishlarni o’rganish, laboratoriya eksperimenti, matematik tadqiqot.
Fanning maqsad va vazifalari. “Texnologiya ta’limi praktikumi” fanini o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
- duradgorlik va chilangarlik asbob uskunalarini o’rganish, yog’ochga hamdametallarga ishlov berish texnologiyasini o’rganish, duradgorlik va chilangarlikdaishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga ega bo’lishi, yog’och
va metallarga ishlov berish texnologiyasi, sodda birikmalar va ularning turlari,metallarga sovuq xolda ishlov berish metodlarini tashkil etish;
- chilangarlik ishlari haqida, o’quv ustaxonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari,va chilangarlikda ishlatiladigan asbob – uskunalar hamda moslamalar to’g’risidaumumiy ma’lumotlarni bilishi kerak;
- qo’lda va stanoklarda bajariladigan oddiy ish jarayonlarini amalga oshirishusullaridan, turli buyumlarining asos chizmasini chizish, texnik modellashtirish,havfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish, duradgorlik vachilangarlik jihozlaridan to’g’ri foydalana olish;
- simlar va yupqa tunikalarga ishlov berish texnologiyasi, prokat vashtamplash usulida olinadigan materiallarga ishlov berish texnologiyasi to’g’risidako’nikmalariga ega
Bo’lishi kerak;
-qo’lda va stanoklar yordamida turli xil buyumlarni bajara olish, detallariga ishlov berish, sodda konstruktsiyali buyumlar uchun asos va chizmasini chizish, ularni tayyorlash texnologiyalarini bilish, chilangarlik va duradgorlik jihozlarini ishga tayyorlash, metallarga sovuq holda ishlov berish yog’och va metallardan sodda buyumlarni tayyorlash boyicha kompetentsiyalarga ega bo„lishi, sozlash; parchinlash, rezba qirqish turlarini o’rganishi, parmalash va charxlash usullarini, tayyor detallarga termik ishlov texnologiyasi to’g’risida malakaga ega bo’lishlari zarur Texnologiya ta‘limi metodikasi fani va uning vazifasi, maktab o‗quv rejasida texnologiya fanining qo‗yilishi, uning tarixiy taraqqiyoti, Texnologiya fanining amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o‗rta maxsus ta‘lim, oliy ta‘lim bilan integratsiyalash, -4 sinflarda texnologiya fani mazmuni, 5-7 sinflarda texnologiya fani mazmuni, 8-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik mohiyati. Texnologiya fanidan ilmiy nazariy tadqiqotlar, Texnologiya ta‘limining didaktik tamoyillari, Mehnat jarayonining tahlili va didaktik tushunchalar, Texnologiya ta‘limini tashkil qilishning didaktik tizimlari, Texnologiya fanida o‗qitish shakllari, Texnologiya fani o‗quv jarayonida ta‘lim vositalaridan foydalanish metodikasi, Texnologiya fanida o‗qitish metodlari, Texnologiya fanida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash, Texnologiya fani darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o‗tkazish, Texnologiya fani o‗qituvchisiga qo‗yiladigan kvalifikatsion talablar, ―Texnologiya va dizayn‖ yo‗nalishi mazmuni, o‗quvchilar egallaashlari lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar, ―Servis xizmati‖ yo‗nalishi mazmuni, o‗quvchilar egallashlari lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar, ―Qishloq xo‗jalik asoslari‖ yo‗nalishi mazmuni, o‗quvchilar egallashlari lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar. Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi xujjatlar, Texnologiya fani o‗qituvchisining darsga va o‗quv yiliga tayyorgarligi, Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo‗limini o‗qitish metodikasi, yo‗nalishlar bo‗yicha materialshunoslik bo‗limini o‗qitish metodikasi, o‗quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash, Texnologiya fanida didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, o‗quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishda fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish, mehnat ko‗nikmalarini shakllantirish darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish, Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi, Texnologiya fanida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish
Ta‘lim to’g’risidagi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlarida pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va ozlashtirish zarurligi kop karra takrorlanadi. Jumladan, Ta‘lim togrisidagi Qonunining 26-moddasida ta‘limni boshqarish boyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining xuquq doirasiga “ o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish” masalasi kiritilgan bolsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida esa “ ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quvuslubiy majmualarni yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” zarur ekanligi belgilab qoyilgan. Oz-ozidan savol tugiladi: Pedagogik texnologiyalarning ozi nima va u an‘anaviy ta‘lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi? Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta‘lim muammolariga oid ma‘ruzalar, rasmiy hujjatlarda .Yangi pedagogik texnologiya, Ilgor pedagogik texnologiya, Zamonaviy pedagogik texnologiya’ iboralari keng qollanilmoqda. Ammo Pedagogik texnologiya tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, qomuslarda izohlanganicha yoq, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi kopgina ta‘riflari mavjud. Bularning orasida e‘tiborga loyiqrogi YUNESKO ta‘rifidir: “Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalasini qo’yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olib o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashga sistemali yondashishidir”.
Pedagog oz oldiga qoygan maqsadga erishganligini qanday biladi? Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bolgandagina, pedagog ozining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatdagi oqitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi. O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyaniqaysi tomondan tahlil qilmaylik, uning asosi ta‘lim samaradorligini oshirishga, ya’nikam vaqt sarflab, ko’proq sifatli natijaga erishishga qaratilgandir. Qollanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, pedagogning mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bogliqdir. Texnologiya faniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron axborot-ta‘lim resurslari kata ahamiyatga ega hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |