Kirish. Ish o’rinlarini tashkil qilish sanitariya gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalari



Yüklə 82,68 Kb.
səhifə1/11
tarix24.12.2023
ölçüsü82,68 Kb.
#192836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish



Mundarija:

  1. Kirish.

  2. Ish o’rinlarini tashkil qilish sanitariya gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalari.

  3. Asosiy qism



  1. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish

  2. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.

  3. Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari.

  4. Modellashtirish va modelli - texnik tajriba.



  1. Xulosa.

  2. Foydanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Mamlakatimizda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan fan texnika taraqiyoti aqliy va jismoniy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirishni, ya’ni ular o‘rtasidagi farqni bartaraf qilishni taqozo etadi. Ishchilar mehnati tobora injenerlik-texnik xarakter kasb etayotgani, ratsionalizator va ixtirochilarning saflari o‘sib, ular kiritayotgan takliflarning samaradorligi ortayotganligi buning yaqqol ifodasidir.
Ratsionalizatorlar va ixtirochilar-ishchilar sinfining ilg‘or qismi bo‘lib, ular ijodiy fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, mashina va mexanizmlarning yangi, eng tejamli konstruksiyalarni, yangi texnologik jarayonlarni yaratish eskilarni takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar kiritadigan kishilardir.
Texnik tafakkurni va mehnatga ijodiy munosabatni rivojlantirish yangi kishini‑yangi jamiyat quruvchisini tarbiyalashning eng muhim vazifalaridan biridir. Ana shunday kishining yetishib chiqishida o‘quvchilarga umumiy ta’lim berishdan tashqari, ularning keng politexnik asosda unumli mehnatga ham jalb etadigan isloh qilingan maktab yetakchi rol o‘ynashi lozim. Xozirgi sharoitda o‘quvchilarga politexnik ta’lim berish tabiatning maktab predmetlarida, avvalo tabiiy-ilmiy sikldagi predmetlarda o‘rganiladigan umumiy qonunlari, xozirgi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari xaqida, eng tipik mashinalar, mexanizmlar, aparatlar va asboblarning tuzilishi hamda ishlash prinsiplari, shuningdek ulardan amalda foydalanish xaqida, asosiy materiallar va ularni qo‘llash, eng tipik texnologik jaranlar xaqida umumiy, ilmiy bilimlar va mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish xaqida umumiy ma’lumotlar berishdan iboratdir. Ana shu vazifalar texnik konstruksiyalash va zamonaviy texnika namunalarini modellashtirish jarayonida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
O‘quvchilar yuqori darajada rivojlangan texnika namunasi sifatidagi u yoki bu texnik modelni yasashda xozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish faoliyatining asoslarini o‘rganadilar.
O’zbekiston respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish axolining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan maqsadli ishlar amalgam oshirilmoqda. Respublikamizning ravnaqi ko’p jihatdan tikuvchilik sanoati maxslotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish, erkaklar milliy ko’ylak lozimini kanstruksiyalash va modelastirish, madellarni yaratish, ularni sifatini yaxshilash. Respublikamizning axolisiga manzur bo’ladigon zamonaviy tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yo’qolib ketayotgan milliyligimizni targ’ib etish texnalogik jarayonlarini madernizatsiya qilish soxa mutaxasislarining oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biridir. Korxonada ishlab chiqarish resurslardan samarali foydalanish bo’lib , unda respublikamizdagi tikuvchilik korxonalarining oldida turgan muammolar korxonalarni iqtisodiyotida tutgan o’rni ahamiyatini asoslashga qaratilgan.
Yengil sanoat korxaoalarida ishlab chiqarishda mexnat sharoitini yaxshilash xamda sog’lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil etish uchun birinchi navbatda mexnat muxofazasini yaxshilash bo’yicha rejali tadbirlar ishlab chikish talab etiladi. Bu rejali tadbirlar Kasaba uyushmasi Qo’mitasi bilan kelishilgan xolda tuzilmog’i va zarur mablag’lar bilan ta’minlanmog’i zarur. Mexnat muxofazasini yaxshilash bo’yicha bajariladigan barcha ishlar bir yilga, besh yilga va kelajakka mo’ljallangan kompleks rejalar asosida amalga oshiriladi. Mexnat muxofazasini yaxshilash bo’yicha tuziladigan bir yillik rejada ko’zda tutilgan tadbirlar tashkilot ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi qumitasi o’rtasida tuzilgan mexnat muxofazasi bo’yicha kollektiv shartnomada o’z ifodasini topadi. Kollektiv shartnoma loyixasi yil boshida ishchilarning umumiy majlisida muxokamaga qo’yiladi va u ma’qullangach tashkilot ma’muriyati xamda kasaba uyushmasi qumitasi tomonidan tasdiqlanadi.


Yüklə 82,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin