Mavzu: Kredit-modul tizimi Reja: Kredit-modul tizimiga oʻtish



Yüklə 31,07 Kb.
səhifə1/3
tarix13.03.2023
ölçüsü31,07 Kb.
#87676
  1   2   3
Kredit-modul tizimi


Mavzu: Kredit-modul tizimi


Reja:



  1. Kredit-modul tizimiga oʻtish.

  2. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari.

  3. Modulga asoslangan oʻquv dasturlari.

Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. Taʼlim tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita taʼminlab beradi. Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish oʻquv dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq.


Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish va oliy taʼlim ­muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish” belgilab berildi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi.
Xoʻsh, bundan koʻzlangan maqsad nima? Bugun va kelajak uchun mazkur mexanizm qay darajada foyda keltiradi? U yangi Oʻzbekistonning strategik maqsadlariga qanchalik mos?
quyida ana shu savollarga batafsil javob izlashga harakat qilamiz.
Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
— bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;
— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

— taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish


— taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʻqib-oʻrganish, taʼlimga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻr­gatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yoʻnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
Keling, shu oʻrinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Xorijiy tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2 — 4 tagacha moduldan iborat boʻladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini oʻzaro uzviy toʻldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis boʻlib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish ­malakasiga ega boʻlishi talab etiladi.
Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
— oʻquv maqsadi hamda vazifalarning toʻliq ochib berilishi;
— talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim boʻladigan malakasiga qoʻyiladigan ­talablar;
— modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), yaʼni maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʻulotlarning rejasi, mustaqil taʼlimni baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar;
— oʻqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan ­iborat.
Modul asosida oʻqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʻquv faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʻzlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.
Kredit (credit) — talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻz­lashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir. ­Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit talabaga butun umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʻquv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual oʻquv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-oʻqituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu oʻquv jarayonlarini baholashning oʻziga xos qiymat koʻrsatkichi boʻlib ham hisoblanadi.



Yüklə 31,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin