Kirish. Ish o’rinlarini tashkil qilish sanitariya gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalari


Ish o’rinlarini tashkil qilish sanitariya gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalari



Yüklə 82,68 Kb.
səhifə2/11
tarix24.12.2023
ölçüsü82,68 Kb.
#192836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish

Ish o’rinlarini tashkil qilish sanitariya gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quruq va ozoda bo'lishi kerak. Devor va mebellaming rangi katta gigiyenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yoritilgan bo'lishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik tukuv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo'l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stollari va manekenlar bilan jihozlanadi. O'tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo'yiladi. Tikuv ustaxonasida kuzgi va qishki kiyim ilgichlar bilan jihozlangan kiyim qo'yish xonasi bo'lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlov berish uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi. Asbob-uskunalar, jihozlar, ko'rgazmali qo'llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi.
Ustaxonada birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori- darmonlar bilan ta’minlangan dori qutichasi bo'lishi zarur.
Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko‘rsatmalar ko‘ririadigan joylarga osib qo‘yiladi.
Tikuv ustaxonasining ichki tartib -qoidalari.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Mehnat, hunar haqida hikmatli so'zlar.
Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan javon.
Ish namunalari boiishi shart.
Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga, mehnatga to‘gri munosabatni va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi. Mashinada bajariladigan ish o‘mi, ish stoli va uning qopqog‘i yog‘iga o‘matilgan mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stolini ikkita tayanch ushlab turadi.
Tikuvchining mashina oldida to‘g‘ri o‘tirishi, ish usullarini o'zlashtirib olishi mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi oldinga sal engashib turishi kerak. Tikilayotgan buyum tikuvchining ko‘zidan 30-40 sm nari turishi, tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog‘i bilan bir xil balandlikda bo‘lishi kerak. Stulning balandligini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Odatda, o‘tirg‘ich balandligini rostlash mumkin boTgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi mashina bosh qismining ro‘parasida o‘tirishi, lining ikkala oyog£i pedal ustida turishi lozim. 0‘ng oyoq kaftini sal oldinroq qo‘yish kerak, bunda mashinani asosan o‘ng oyoqda yurgizib, chap oyoqda to‘xtatiladi. Zo‘riqish ham ikki oyoqqa bir xilda taqsimlanib, mashinada ishlash birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda tepkini ko‘tarish uchirn tizza richagi bosiladi, u o‘ng oyoq tizzasi balandligida boiishi kerak.
Mashinada bajariladigan ishlar uchun moijallangan ish o‘mi individual elektr yuritmali stol, o‘rindig‘i rostlanadigan vintli stul bilan jihozlanadi. Stolga tikuv mashinasining bosh qismi o‘matiladi, zarur asbob uskunalar qo‘yiladi.
Ish o‘mida alohida yoritgich tarzidagi yoki mashina korpusiga o‘rnatilgan mahalliy chiroq bo‘lishi lozim. Tepkini oyoq bilan ko‘tarish uchun stol qopqogi tagiga tirsakli richag o‘matiladi. Stol sirti silliq boiishi kerak. Naychaga ip o‘rash uchun stolga maxsus jihoz mahkamlanadi. Stolda ishlov beriladigan detallar hamda mazkur texnologik operatsiyani bajarish uchun zarur boigan asbob, moslamalargina turadi. Ish oxirida ish o'rniniyaxshilab tozalash, ishlayotgan detallami shkafga qo‘yish, asbob va moslamalarni stol tortmasiga solish kerak. Ish oini to‘g‘ri tashkil qilinganda mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot sifati yaxshilanadi.

Yüklə 82,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin