Rejaviy tuzilma. Jamoat markazlari. Turar-joy qurilishi



Yüklə 171 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2022
ölçüsü171 Kb.
#75612
1   2   3   4   5
1-amaliy dars

2-jadval

Mavze hududi uchun umumiy maydoni 1 ga turar-joy fondining zichligi, m2

Turar-joy uylari qavatli-ligi

Er uchastkalari bo‘lgan turar-joy uylari

Ko‘p xonadonli turar-joy uylari

1-2 hovlili

2 blok-li

2

3

4

5

6

7

8

9

12

Turar- joy fondining zichligi, kamida

1200

1800

2200

3900

4200

4800

5100

5400

5700

6300

6700

Izohlar:
1. SHahar aholi punktlarining hududida qurilish va qayta qurish amalga oshirilayotganda turar joy fondining zichligi tegishli asoslash bilan o‘zgartirilishi mumkin.
2. Turli xil qavatli binolar qurilishlarida turar joy fondining zichligi o‘rta garmonik formulaga ko‘ra qabul qilinishi kerak:
100
a1/n1 + a2/n2 + a3/n3 + ,
bu erda a1, a2, a3 - loyihada qabul qilingan qavatlilikdagi turar joy uylarining umumiy maydoni, mavzening barcha turar joy uylari umumiy maydonidan foizlarda;
n1, n2, n3 – turar joy fondining qabul qilingan binolar qavatliligiga bog‘liq bo‘lgan, 3-jadvaldan aniqlanadigan zichligi, m2/ga.
3. Bir mavze uchun belgilangan sonidan kamroq aholisi bo‘lgan aholi punktlarida turar-joy fondining zichligini aniqlashda xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalari, shuningdek, umuman aholi punkti uchun mo‘ljallangan yashil o‘simliklar bilan band bo‘lgan er uchastkalari hisobga olinmaydi.
3-jadval

Turar-joy tumani hududi uchun umumiy maydoni 1 ga teng turar-joy fondining zichligi, m2

Turar-joy uylari qavatli-ligi

Er uchastkalari bo‘lgan turar-joy uylari

Ko‘p xonadonli turar-joy uylari

1-2 hovlili

2 blok-li

2

3

4

5

6

7

8

9

12

Turar-joy fondi-ning zichligi, kamida

700

1200

2200

2600

2800

3100

3200

3400

3500

3700

3900

Oldindan tarkib topgan kapital turar-joy qurilishi ustivor bo‘lgan tumanlarni qayta qurishda tayanch qurilmaning buzilishi hajmi hudud rivojlanishining shaharsozlik sharoitlaridan kelib chiqib, hisoblab aniqlanadi.


Tarixiy qurilmalar zonalarida mansard qavatlarni qurish tarixiy muhitning umumiy uslub birligiga, tarixiy va madaniy yodgorliklarning tarixiy shakllangan landshaft ko‘rinishlarini saqlashga rioya qilgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Turar joy qurilishini shakllantirishda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari majmuasi bilan birlashtiriluvchi turar-joy birliklari - mahallalarni ajratish kerak.
“Mahalla markazi” turidagi birlamchi xizmat ko‘rsatish blokining taxminiy tarkibi loyihalashtirish topshirig‘i bilan aniqlanadi.
Turar joy va jamoat binolari orasidagi masofalar sifatida quyosh tushishi va yoritish, asosiy turar joy binolari va xonadonlar yonidagi hovlilarning ko‘rinish chegaralanishi normalari, shuningdek yong‘inga qarshi talablar kabilarga muvofiq keladigan eng kam masofalar qabul qilinishi lozim (1-ilova).
Turar-joy va jamoat binolarini joylashtirish va mo‘ljallash, turar-joy binolariga 22 martdan 22 sentyabrgacha bo‘lgan davrda kuniga 2,5 soat davomida, yotoqxona, o‘yin va bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida 3 soat davomida uzluksiz quyosh tushib turishini ta’minlashi kerak.
Qayta qurish sharoitida xonalarga quyosh tushishi vaqti 0,5 soatga qisqarishi mumkin.
Tez, to‘xtovsiz harakat mavjud va yo‘l harakati boshqariladigan magistral ko‘chalarning qizil chizig‘idan uzoqlik masofasi shovqin darajasiga qarab QMQ 2.01.08-96 “SHovqindan saqlanish” ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Birinchi qavatida xonadonlar bo‘lgan turar joy uylarini turar joy ko‘chalarining qizil chizig‘idan kamida 3 m uzoqlikda joylashtirish lozim.
Qizil chiziq bo‘yicha ichiga jamoat xonalari qurilgan yoki ular qo‘shib qurilgan turar joy uylarini joylashtirish mumkin.
Mavzelar va dahalar hududiga transportda kirib borish, mavzelar hududida joylashgan turar joy uylari guruhlariga, xizmat ko‘rsatish muassasalari va korxonalariga kirib borish yo‘llari, garajlar va avtomobillarni to‘xtash joylarini joylashtirish 155-band ko‘rsatmalariga muvofiq ko‘zda tutilishi kerak.
Kirish yo‘llari SHNQ 2.07.02-07 “Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojlari va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda loyihalash” talablariga javob berishi kerak.
Magistrallararo hudud (mavze)ni loyihalashda turli maqsadlardagi umumiy foydalanish maydonchalarini joylashtirishni ko‘zda tutish lozim, ularning o‘lchamlari va ulardan turar joy va jamoat binolarigacha bo‘lgan masofalar 4-jadvalga ko‘ra qabul qilinishi kerak.


4- jadval

Maydonchalar

Maydonchalar nisbiy o‘lchamlari, m2/kishi

Maydonchalardan turar joy va jamoat binolarigacha masofalar

Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar o‘yini uchun

0,7

12

Kattalar dam olishi uchun

0,1

10

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun

2,0

10-40

Xo‘jalik maqsadlari uchun

0,3

20*

Avtomashinalar to‘xtash joylari

0,8

44-jadvalga ko‘ra

Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin