Rejaviy tuzilma. Jamoat markazlari. Turar-joy qurilishi



Yüklə 171 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2022
ölçüsü171 Kb.
#75612
  1   2   3   4   5
1-amaliy dars


SHAHAR AHOLI PUNKTLARINING TURAR-JOY HUDUDLARI.
Reja:

  1. Rejaviy tuzilma.

  2. Jamoat markazlari.

  3. Turar-joy qurilishi.

SHahar aholi punktlari-ning turar-joy hududini rejalashtirish tuzilmasini jamoat markazlari, turar-joy binolari qurilishi, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, ko‘kalamzorlashtirilgan umumiy foydalanish hududlari, mehnat qilish joylari zonalarining o‘zaro bog‘liq joylashuvini hisobga olgan holda, shuningdek aholi punktining kattaligi va hududining tabiiy xususiyatlariga asoslangan holda, uning umumiy rejaviy tuzilmasiga bog‘lab shakllantirish kerak.


Aholi istiqomat qiluvchi turar-joy hududiga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash uchun 1000 kishiga mo‘ljallangan yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlarni qabul qilish kerak: turar-joy binolari qurilishining o‘rtacha qavatliligi 3 qavatgacha bo‘lgan shaharlarda - er uchastkalarisiz imorat qurish uchun 10-15 ga va er uchastkalari bilan imorat qurish uchun 20-25 ga; 4 dan 9 qavatgacha – 8 ga.
Favqulodda tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlar (cho‘l, tog‘li joylar) uchun mazkur ko‘rsatkichlar 30 % gacha o‘zgartirilishi mumkin.
SHahar aholi punktlarida aholi istiqomat qiluvchi turar-joy hududlarining quyidagi tuzilmaviy elementlarini shakllantirish lozim:
odatda, 60 dan 100 gektargacha maydonni egallaydigan va ushbu hududda piyoda qatnashning 500 m gacha masofasida joylashgan kundalik xizmat ko‘rsatish muassasalari mavjud bo‘lgan va transport ko‘chalari va yo‘llar bilan ajratilmagan magistrallararo hudud yoki mavze;
hududida bir nechta mavze yoki dahalar va piyoda qatnashning 1500 metrlik masofasida jamoat markazi joylashgan, 500 gektargacha maydonni egallaydigan turar-joy tumani;
aholi istiqomat qiluvchi hududning eng yirik tarkibiy qismi bo‘lib, 2-4 ming ga maydonga ega bo‘lgan rejalashtirish tumani hisoblanadi, odatda, faqat yirik va o‘ta yirik shaharlarda shakllanadi va o‘z tarkibiga bir necha turar-joy tumanlari va jamoat markazlariga oladi.

Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin