Kurs ishining maqsadi: Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofiq:
jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;
ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni maqsadli tayyorlash kabi yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Kurs ishining ob’ektini: o’zbek xalq milliy o’yinlari, maktab o’quvchilarining jismoniy rivojlanish jarayoni umumta’lim maktablaridagi 7-8 yoshli bolalarning milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy tarbiya darslari tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti: - jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirishda ommoviy tashkil qilish, vositalari va usullari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 ta paragirif, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |