U katta bo’lmasligi va u kerakli gen yoki genlarni o’zida biriktirishi,
U replikasiya xususiyatiga ega bo’lishi,
Bir necha bor ko’payishi ( amplifikasiya) va kup miqdorda nusxa hosil qilishi,
Vektor DNK molekulasi bir necha nukleotidlardan ketma-ketligidan iborat bo’lishi va restriktaz fermenti yordamida genni klonlash .Ligazalar yordamida klonlashtiriladigan gen vektor bilan bitta yagona DNK holatiga keltirilishi:
Vektor o’z tarkibiga olgan genning ishlab ketishini ta’minlashi,
Oxiri uning kerakli organizm to’qimasiga quyish.
Gen injeneriyasida birinchi etapda genni ajratib olish
Gen injeneriyasida birinchi etapda genni ajratib olish lozim. Ximiyaviy sintezlash asosida olinadi. X genni Ti plazmida yordamida vektor usulida ko’chirish:
Begona genni to’g’ridan-to’g’ri ko’chirish.
Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi.
a) Mikroineksiya
b) Elektroporaksiya
v) Liposomaga yig’ish
g) Transformasiya
d) Protoplastlarni qo’shish.
Yakka DNK ni o’zini ko’chirishda o’simlik to’qimasiga membranasi olingan protoplastga ko’chiriladi.
a) Mikroineksiya – hayvonlar to’qimasiga DNK ko’chirish uchun ishlab chiqilgan usul. Bunda mikroigna orqali DNK yadro protoplastga maxsus qurilma orqali yuboriladi. Ukrainaning Kiyev shahridagi Yu.Yu.Gleb laboratoriyasida bajarilmoqda.
b) Elektroporaksiya – bu yuqori elektr impuls yordamida DNK ni to’qima membranasidan o’tkaziladi. Bunda to’kima membranasi shok holatiga keltirilib , DNK o’tkaziladi. O’simliklarda qo’llaniladi.
O’simliklarda ko’chirilgan gen yangi organizmda begonaligi sezilmasligi to’qima RNK
O’simliklarda ko’chirilgan gen yangi organizmda begonaligi sezilmasligi to’qima RNK polimeraza fermenti o’zining gen sifatida qabul qilishi sintez prosessiga qo’shilib ketishi lozim. 1960 yilda fransuz biologi J.Jarskiy va boshqalar kalamush to’qimalarini sun’iy muhitda o’stirishdi. Bunda ikki liniyalardan olingan to’qimalar sun’iy muhitda o’stirilib duragaylandi va uchinchi tip to’qima hosil qilishdi. Somatik to’qimalarni duragaylash texnikasini yaponiyalik I.Okada va angliyalik G.Xarrislar ishlab chiqishdi. Ular duragaylash uchun “ Senday ” virusidan foydalanishni tavsiya etgan.Bu virus ikki to’qimani qo’shilib ketishini ta’minlaydi.Virusni (Senday) ni ultrabinafsha nur bilan RNK siga ta’sir qiladi va oqsilli qobig’i saqlanib qolinadi. Bunda ta’sir qilishda virusning infeksion xususiyati yo’qolib to’qimalarni qo’shish imkoniyati saqlanib qolinadi.