Gen injeneriyasi – bu maxsus usullar sistemasi bilan sun’iy ravishda (laboratoriyalarda ) bir organizmning DNK molekulasini olib ikkinchi bir organizmga ko’chirish bilan shug’ullanadi. Organizmlardan ajratib olingan DNK lar turli genomlarga xosdir.Ular rekombinat (duragay) DNK deb yuritiladi va yangi organizmga yuborilganda uni oqsil sinteziga qo’shilib ketishi kuzatiladi.
Gen injeneriyasi taksonomik turdan qat’iy nazar ularni genlarini operasiya yo’li bilan ko’chirish va butunlay yangi belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlarni shakllantirish mumkin.1983 yilda Kallus , keyinchalik Ximer o’simlik “ sanbin” ( ingliz tilida sanflou er – (kungabokar) +”bin” (dukkak)) olingan .Dukkak genomidagi zapas oqsilni to’plashni boshqaruvchi gen fazeolinni kungaboqarga o’tkazishgan. Bu kungaboqar kishi organizmi uchun zarur oqsil , aminokislotalar yo’q, ular dukkak tarkibida bo’lganligi va bir o’simlik tarkibiga joylashtirish kishi organizmini oqsilga bo’lgan talabini qondirish imkonini beradi.
Genlarni ko’chirishda bakterial to’qima
Bir organizm genini (taksonomik turdan kat’iy nazar) ikkinchi bir organizmga ko’chirish uchun ajratib olish va ko’chirib yangi organizmda begona genning ishlab ketishi organizda yangi belgi , xususiyatini hosil qiladi va bu organizm transgenli deb yuritiladi. Yangi organizmning DNK siga begona gen kiritilsa, u DNK ximer (duragay) deb yuritiladi. Genlarni ko’chirishda bakterial to’qimada uchraydigan Ti – plazmid DNK vositachi bo’lishi aniqlangan. Bu plazmid xromosoma DNK sidan alohida holda bo’ladi, tarkibida DNK ning miqdori xromosoma DNK siga nisbatan 20- 1000 marotaba kam.