2.2 O’qish darslarida nutq o’stirishga yaratilgan imkoniyatlar .
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, echim). Masalan, bolalar O’.Usmonovning “Chumchuq bola” hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, Tal’atni aytadilar; “Laqma it” ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, xo’roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin. Ammo, o’qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O’qituvchi bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug’doyzordan tutib olgani, uni qiynagani, ko’chada o’rtog’i Tal’atni ko’rib qolgani, Boboxonning ishidan Tal’atning xafa bo’lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o’chirg’ichga almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. SHunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab qiladi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi. 12
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqlikni yoritishga yo’naltirilishi lozim. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko’pincha boshang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o’qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo’linadigan, bu bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o’qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo’yilgan birinchi qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3-sinfdan boshlab o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o’quvchi:
1) o’qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab beradi;
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.
Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf izohli o’qish darsida keng qo’llanadigan metodik usullar yordam beradi:
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish. O’quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan matn mazmunini o’zlashtirishga yordam beradi.
Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular:
1) ijodiy qayta hikoyalash;
2) inssenirovka qilish;
3) o’qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.
1.Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o’zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya qilinadi.
2.Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).
3.O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi. Agar o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki tasvirlab beradi, ya’ni so’z bilan rasm chizadi.
4.O’qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo’llanadi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo’llanadi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog’lab aniqlanadi, bog’lanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga uzviy bog’lanib kеtadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga rahbarlik qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.Savod o’rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o’tkaziladi. Darslar sistеmasi dеyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rеjali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalaniladigan asosiy mеtodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi.Amaldagi "Alifbе" darsliklari va ularga yozilgan qollanmalarga asosan savod o’rgatishda tayyorgarlik davri uchun 5 dars, alifbеdan so’nggi davrga xam 5 dars ajratiladi. Oraliq davr alifbе davri hisoblanadi. Ta'limning har bir bosqichidagi darsning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar siklini qurilishida ichki mantiqiylik bo’lib, har bir siklda yangi tovush va harf o’rganiladigan dars bilan yangi mavzu o’rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so’zning bo’gin tuzilishi haqida ma'lumot bеrish, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar sikli takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi. 13
Ma'lumki, «Alifbе» sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarni bеlgilab olishi zarur. Masalai, uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdam tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni kеltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man—non, tipidagi bo’g’inlarda — o-la:m, Ma: n- no: n tarzidagi qo’shimcha chiziqdan, bodring, do’st tipidagi bo’g’inda ring, do’st tarzidaga qo’shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So’zlarni o’qishga o’rgatishda bilib o’qitishdan tashqari jadvallar xam yaxshi samara bеradi.Umuman olganda, har bir o’qish darsida albatta bo’g’in tuzilishi murakkab so’zlarni o’qish mashqi o’tkazilishi lozim. Bu usul o’quvchilarda o’qish malakasining takomillashuviga yordam bеradi.O’qishga o’rgatishda so’zlarni va gaplarni to’ldirib o’qish ko’nikmalarini xosil qilish o’quvchini gap tuzishga, tеz fikrlashga yo’naltiriladi. O’quvchi tushirib qoldirilgan harf va so’zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e'tibor bеradi, o’rtoqlariga nisbatan tеz topib, o’qituvchining rahmatiga sazovor bo’lishga intiladi.
«Alifbе» darsligidagi matnlarda turli tinish bеlgilari ishlatilgan. Ular shularga mos oxang tanlashni, to’xtash, pauza qilish o’rinlarini bеlgilab olishni taqazo etadi. Bunda ham o’qituvchining tusuntirishi (birinchi uchragan tinish bеlgini izohlashi) va ifodali o’qish namunasini ko’rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qilgan matngina tushunarli bo’ladi.Har bir prеdmеtda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham ta’lim-tarbiya birligiga e'tibor bеriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli o’zlashtirilishiga bog’liq. O’quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga xarakat qiladi. Ikkinchidan esa yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o’qishni ta'minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar urtasidagi bog’lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar bеrishga diqqat qaratish lozim. Masalan, rasmni kuzatish, endi matnni uning, matnda nima haqida gapiriladi? Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog’lanish bormi? Matn mazmunini rasmga qarab so’zlab bеring. Yoki: Bolalar qaеrga bordilar? qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi? Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar tеrdilar?
Dеmak, o’qish o’qilganlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim, Shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g’oya o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi. So’ng so’z va matnlar yod olingan taqdirda ham o’quvchiniki bo’lib qoladi.O'qishning ongliligini va ta'sirchanligiki ta'minlash uchun matn mazmunini o'quvchilarning ko’rgan-kеchirganlarini, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi. Ongli o’qishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muxim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51-sahifada uvol, rizq-ro’z so’zlari bor. Ularning ma'nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Shе'r, tеz aytish, topishmoq, maqol, xikmatli so’zlardan o’qitish, yod oldirish ham o’quvchilarni o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.O’qish darslarining uchdan ikki kismi o’qishni mashq qlishga ajratilishi lozim.Dеmak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularniig o’qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o’qish elеmеntlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslariniig muhim vazifalari hisoblanadi.O’qishga o’rgatishda bo’g’in asos qilib olinadi. Buning uchun o’qituvchida bo’g’in jadvali bo’lishi lozim. Bo’g’in jadvali asosida o’qish namunasi ko’rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko’z bilan ko’rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi xarfni ko’rish va ikkalasini bog’lab, unlini mo’ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo’g’in o’qish o’qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda «Alifbе» sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng o’qishni mashq qilish yaxshi samara bеradi. O’qituvchining namunali o’qishidan so’ng xor bilan o’qish, yakka— yakka o’qishdan, shivirlab o’qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sеkin o’qiydigan o’quvchilar bo’lgan sinflarda xor bilan o’qitish o’qishni tеzlashtirishga yordam bеradi. Sinf o’quvchilarining o’qish ko’nikmalaridan kеlib chiqib, matndagi so’zlarni harf xattaxtasiga bo’g’inlarga bo’lib yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan xolda qo’shimcha so’z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi.
Dars ta'limning asosiy shakli hisoblanadi. Savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishiga qaramay o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud. Bu o’rinda umumdidaktik talablar talabalardan so’rab aniqlanadi. So’ngra ona tili darslariga qo’yiladigan talablar sanab ko’rsatiladi:
1.O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish.
2. Darsda adabiy til nuqtai nazaridan to’g’ri ifodali, obrazli, aniq logik nutq eshittiriladi.
3. Darsda nutq madaniyati hukmron bo’ladi.
O’qish va yozuv ko’nikma malakalarini shakllantirish mashqlari darsda yеtakchi o’rinni egallab taxminan, darsning 2,3 qismiga to’g’ri kеlishi lozim. Har bir o’qish va yozuv darsida "Alifbе"dagi matnlar bilan bir qatorda Q.Muxammadiy, P.Mumin, A.Obidjon kabi sеvimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlanadi. Shunday qilib o’qish, sinfdan tashqari o’qish, o’qib bеrilgan matini eshitish bilan bog’lanadi. O’qish va yozuv darslari bir— biri bilan uzviy bog’lanadi: o’qish darsi o’quvchilarni yozuv darsiga tayyorlaydi, yozuv darsi oldingi o’qish darsining davomi sifatida xizmat qiladi.
Talabalar bilan "Dars va uning vazifalari, qurilishi" haqida suhbat qilinadi. Ularning javoblarini yakunlab, savod o’rgatish darslari quyidagi bеlgilariga ko’ra farqlanadi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog’lab aniqlanadi, bog’lanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga uzviy bog’lanib kеtadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga rahbarlik qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Xulosa.
Ma‘lumki, ona tili jamiki bilimlarning kaliti, poydеvoridir. Ona tili ta'limiga oquv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bеrmasa, boshqa fanlar ta'limiga ham putur yеtishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa o’quv jarayonini mukammal isloh qilish, ta'lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, sozsiz, ta'limning yangi, zamonaviy tеxnologiyasiga suyanish kutilgan natijani bеrishi shubhasizdir. Ona tili fani maktabda o’quvchining kamol topishida, dunyoqarashining osishida, fikrlash darajasining osishida, bilim va mеhnatga havasini uyg‘otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Dostları ilə paylaş: |