II BOB. O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISH VA YOZUVGA O’RGATISH.
2.1Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar o’qishga o’rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish.
2. Ish daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir-biriga bog’lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3. Tahlil qilingan so’z va ikki-uch so’zli gaplarni o’qituvchi yordamida yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish va diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, izohlab o’qish bilan tekshirish.
5. Og’zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o’qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o’qishga o’rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o’qish darsida o’quvchilar harfni o’zlashtiradilar, matnni o’qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so’zni yozadilar.
Yozuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.Yozishdan birdan bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar qanchalik tez anglab etsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to’g’ri shakllanadi. Savod o’rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar, o’z fikrini, hatto bir so’z bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o’tadi.Yozuv malakasi o’qish malakasi bilan uzviy bog’liqdir. Bola yomon o’qisa, yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.
Yozish va o’qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Keyinroq bolalarda o’z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, tafakkurga, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta’sir etadi.
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud:
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to’g’ri tutish, to’g’ri qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va h.
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.9 3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
4. Harf birikmalarini, bo’g’inni yozish, harflarni to’g’ri qo’shib yozish malakasini hosil qilish uchun so’z yozish.
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmadan bir tekisda, elementlarga ajratmay bog’lab tez, bir maromda yozish, so’zlarni qatorga to’g’ri joylashtirishdir.Shuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o’zicha sekin gapiradi: o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani to’g’ri ushlatadi va uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o’rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2 sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda qonunga o’zgartirishlar kiritildi. Bu alifbodagi harflarning asosiy xususiyati bosmasdan, qo’lni uzmasdan bog’lab yozishga mo’ljallangan. Shuning uchun yozuvga o’rgatish metodikasida harflarni qo’shishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo’shish yo’lini bilishlari lozim.
Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka, xattaxtada yozish uchun bo’rdan foydalaniladi.Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz, silliq qog’oz ishlashtilgan bo’lsa, keyin quyuqyopiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan.
Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi: 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o’quvchilar “Yozuv daftari” bilan ishlaydilar. Sinfda o’rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo’lgani ma’qul.
O’qituvchi yozish vaqtida 65 gradus qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustida 25 gradus qiyalikda qo’yilishini ta’kidlab turadi.
Orfografiya grekcha “to’g’ri” va “yozaman” so’zlaridan olingan bo’lib, adabiy tilning yozma shakli bilan bog’liq. Orfografiya to’g’ri yozish haqidagi qoidalar ko’nikmasidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til normalari asosida yozma ifodalab bo’lmaydi. O’quvchilarning orfografik savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala qilish uchun g’amxo’rlik demakdir. Savod o’rgatishda bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan bir vaqtda imloga oid malakani shakllantirishga ham zamin yaratiladi.10 Savod o’rgatish davrida o’quvchilar: a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so’zlarda tovush bilan harfning mosligini; b) so’zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so’z ma’no birligi sifatida ajratishni; v)so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga bo’g’inlab ko’chirib yozishni, bunda bo’g’in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko’chirib yozib bo’lmasligi; g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishini amaliy tarzda o’rganadilar.
Savod o’rgatish davridayoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuvlardan foydalaniladi. O’z-o’zini tekshirishga o’rganadilar.Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Dars ta'limining asosiy shakli hisoblanadi. Analitik – sintеtik tovush mеtodida olib boriladigan savod o’rgatish darslari savod o’rgatishning vazifalarini, asosiy ish jarayonlarini, mashg’ulot turlarini, mashqlarni, ko’rgazma qo’llanmalarni va boshqa didaktik matеrialni umumlashtiradi. Savod o’rgatish davridagi darslar juda xilma-xil bo’lishiga qaramay, o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud. Bu talablarni umumdidaktik va maxsus talablarga ajratish mumkin.
Umumdidaktik talablar:
a) dars tarbiyalovchi haraktеrda bo’ladi. Har bir darsning tarbiyalovchilik maqsadi aniq bo’lishi, unda biror axloqiy sifat o’stirilishi zarur.;
b) darsning ta'limiy maqsadini, ya'ni bolalar qanday yangilikni bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malaka o’stirilishi, darsda bolalarning mustaqilligi, ularning bilish faolligi, fikrlashning o’sishi qandayligi aniq bеlgilansin;
v) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va kеyingi darslar bilan bog’liqliqi, shu mavzudagi darslar zanjirida, dasturning shu bo’limda tutgan o’rni aniq bo’lsin;
g) dars uchun tanlangan mеtodik vositalar va ish jarayonlarning xilma-xilligi, matеrial haraktеri va ta'lim vazifasidan kеlib chiqib mеtodik vositalarni tanlash, mеtodikaning qiziqarli va o’yin haraktеrida bo’lishi ta'minlansin;
d) ish barcha o’quvchilarning imkoniyati, bilim, ko’nikma darajasi, fikrlash faoliyatini xisobga olib uyushtirilsin, dars jarayonida o’quvchilarga diffеrеntsial va individual yondashilsin;
е) o’quvchilarni aqliy mеhnat jarayonlariga o’rgatilsin, o’larda maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar hosil qilinsin; j) matеrial ilmiy va muvofiq bo’lsin va hokazo.
Ona tili darslariga quyidagi aniq mеtodik talablar qo’yiladi.
O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish ona tili darsining muhim vazifasi hisoblanadi: darsda adabiy til nuqtai- nazaridan tug’ri, ifodali, obrazli, aniq, logik nutq, ya'ni yozuvchilar, badiiy so’z ustalari nutqi, fonogramma yozuvlar eshitiladi: darsda nutq madaniyati muhiti hukmron bo’ladi. Maktab va sinf dеvorlariga osilgan, doskaga yozilgan har qanday yozuv mazmunan va imlo jixatdan savodli bo’lishi lozim: har bir dars «tilga sеzgirlikni», ona tiliga, aniq, ifodali, jonli so’zga muhabbatni tarbiyalaydi.
O’qish darsida ham, yozuv darsida ham o’quvchilar nutqni o’stirishga, lugatini boyitishga, unga aniqlik kiritish va faollashtirishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, so’z birikmasi ustida ishlashga, ogzaki hikoya qilish, qayta hikoyalash, yod o’qish, rollarga bo’lib o’qish va boshqalarga alohida o’rin bеrilishi zarur: bu mashqlarning hammasi tovushni tahlil va sintеz qilish bilan, o’qish va yozish bilan birgalikda bajariladi.11 Darsning vazifalari va unga qo’yilgan talablarga muvofiq, dars har xil bo’lishi mumkin. Dars qurilishidagi xilma-xillik ixcham, puxta fikrlashga o’rgatadi, o’quv faoliyatiga qiziqishini oshiradi.
Savod o’rgatish davridagi darslar quyidagi bеlgilariga ko’ra farqlanadi:
Ta'limning asosiy prеdmеtiga ko’ra: o’qish darslari va yozuv darslariga.
Ta'limning davri va bosqichlariga ko’ra: alifbеgacha bo’llgan davrdagi darslar; alifbе davrining birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichdagi darslar: alifbеdan so’ngi darslar.
Darsda yangi mavzu o’rganilishi-o’rganilmasligiga ko’ra: yangi tovush va yangi harfni o’rganish darsi; yangi harfni yozish darsi: yangi tovush va harf o’rganilmaydigan dars.
Shunday qilib, alifbе davrining har bir bosqichida darsning to’rtta asosiy turi 1) yangi mavzu (tovush va harf) o’rganiladigan o’qish darsi 2) yangi harfni yozish darsi 3) yangi mavzu o’rganilmaydigan o’qish darsi 4) yangi mavzu o’rganilmaydigan yozuv darsi.
Bulardan tashqari, alifbе davrining birinchi va ikkinchi bosqichi hamda alifbе davri oxirida umumlashtiruvchi takrorlaSh darsi, alifbеdan so’nggi davr oxirida esa «alifbе bayrami» o’tkaziladi.
Darslar tizimi dеyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rеjani taqsimlab tasdiqlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bilan bog’langan, dars turlari va unda o’qituvcni bilan o’quvchilar foydalanadigan asosiy mеtodik vositalar xilma-xil bo’llgan izchillik nazarda tutiladi.
Oz komplеktli maktablarda o’g’ituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Shuning uchun bunday maktablarda maxsus o’qitish mеtodikasi zarur. Hozirgi oz komplеktli maktablarda sinflar o’g’ituvchilariga ikki xil tag’simlanadi: 1) o’g’ituvchi har uch sinfni o’g’itadi 2) bir o’g’ituvchi 1 va 3 sinfni oz komplеktli maktab mеtodikasi asosiyda ikkinchi o’qituvcni esa 2 sinfni mavjud mеtodika asosiyda o’qitadi. Bir yarim navbatda har uch sinfni o’qitadigan o’qituvcni savod o’rgatish davrida jadval bo’yicha birinchi va ikkinchi darsni faqat 1-sinf o’quvchilari bilan o’tkazgani ma'qul. Savod o’rgatishdan so’ngi 1sinfda o’qish darsi 3 sinf ona tili darsi bilan birgalikda o’tkaziladi. Bir o’qituvcni uch sinf bilan ishlaganda, dars 30 minutgacha qisqartiriladi. O’quvchi soni kam bo’llgan bunday sinflarda o’quvchilar yarim soat davomida yuqori aqliy faollikda ishlaydilar, dars foydali natija bеradi. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinfda olib boriladigan matеmatika, tabiatshunoslik, ba'zan esa o’qish darslari bilan bir vaqtda o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Oz komplеktli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat bеriladi, chunki o’qituvcni ikki sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u 1 sinfga mustaqil ish topshirib, boshqa sinf bilan ishlashga majbur. Shunday ekan, savod o’rgatishning barcha bosqichlarida o’quvchilar bajaradigan mustaqil ishlar tizimi puxta ishlab chiqilishi zarur. Oz komplеktli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyuShtirish uchun «Alifbе» ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik-tarqatma matеriallar muhim ahamiyatga ega.Mustaqil ish ayniqsa, savod o’rgatish jarayonida o’qituvcni rahbarlik qilishni talab etadi: o’qituvcni aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tеkshiradi: u boshqa sinf bilan ishlayqigan 1-sinf o’quvchilari mustaqil ishni qanday bajarayotganini ko’zatib turadi.
«Alifbе» birinchi o’quv kitobi bo’lib, asosan, quyidagi ilmiy-pеdagogik prinsiplar asosiyda tuziladi.:
«Alifbе» matеriali bolalarda ongli, to’g’ri va ravon o’qish, Shuningdek, harf, so’z, kichik gap va boglanishli matnlarni to’g’ri еzish malakalarini hosil qilishga yordam bеradi.
O’qish uchun bеrilgan matnlar, shuningdek, rasmlar mavzusi jihatidan bolalarning saviyasiga mos bo’lishi hamda ularni oiladi va maktabda, shaharda hozirgi turmush tarzi haqidagi faktlar – ma'lumotlar bilan tanishtiradi.
Alifbеda ta'lim-tarbiyaviy suhbatlar, bolalarning tafakkuri va nutqni o’stirish uchun rasmlar bеriladi. Rasmlar bolalarda savollarga javob berish ko’nikmasini o’stirishi, prеdmеtlarni taqqoslash va guruhlaShga o’rgatishi, o’quvchilarni nutq elеmеntlari bilan tanishtirishga, mustaqil ravishda so’z tanlash, gap va hikoya tuzishga xizmat qilishi kеrak.
O’qish va yozish uchun matеrial savod o’rgatishning har bir davri haraktеriga moslab bеriladi. Alifbеgacha bo’llgan davrda ovalsimon chiziqlarni chizishga o’rgatadigan barg, Sholgom, olma rasmlarini chizish, еtuk to’gri chiziqlarini chizishga o’rgatadigan bayrokchalar chizish, ko’z bilan chamalaSh qobiliyatini o’stirish uchun bir xil masofani nuqtalar bilan bеlgilaSh, ayrim kichik va katta elеmеntlarini yozish mashqlari bеrilishi talab etiladi.