ABITURIYENT DIQQATIGA! Test topshiriqlarni yechishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda majburiy fanlardan 15 tadan va asosiy fanlardan 30 tadan savol mavjudligini tekshiring. Agar savollar soni kamligi aniqlansa yoki savollar savollar kitobi raqami bilan javoblar varag’i raqami bir xil bo’lmasa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling.
Savollar kitobida abituriyentning familyasi, ismi, otasining ismi xato to’ldirilgan yoki to’ldirilmagan, va imzosi qo’yilmagan hollarda e’tirozi ko’rib chiqilmaydi
M ajburiy fanlar Asosiy fanlar 1. Ona tili 1. Biologiya
2. O’zbekiston tarixi 2. Kimyo
3. Matematika
Rishton-2023 Elektron ko’rinishda
Ona tili 1. Qaysi javobda holat ravishi qatnashgan? A)Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim. B)Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda. Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. C)Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda. D)Ona kelar yo‘lda yugurib, Ko‘ringandan qizini so‘rab. 2. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) isnot, extiyot B) ogoh, saxovat C) xorijiy, muvafaqiyat D) xashamat, davat 3 Faqat harakat bildiruvchi so‘zlar(fe’l) doirasida shakldoshlik hosil qiluvchi so‘zni aniqlang.
A) suz B) tuz C) o‘y D) ari
4. Qaysi gapda o‘zaro ma’nodosh so‘zlar ishtirok etgan? A)Gunafshalar qulog‘imga madhingniSo‘zlab-so‘zlab charchadilar, bitmadi. B)Quyosh chiqdi, gul yaprog‘igaTunda qo‘ngan shabnam aridi. C)Qon yugurdi ol yonog‘iga,Bargi g‘ubor - changdan aridi. D)Bolangga ham, uyingga ham qara, ham damol. 5. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan birlik sabab holi vazifasini bajargan? A)Shunaqa gaplarni aytadiki, ilon po‘st tashlaydi-ya. B)Bu ishni yeng shimarib bajargan Odiljonni otasi maqtab qo‘ydi. C)Hafsalasi pir bo‘lgan Anvarjon uyga qaytib keldi va kun bo‘yi xonasidan chiqmadi. D)Ikki oyog‘ini bir etikka tiqib olgani uchun shu velosipedni olib berdim. 6. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A)Yarasini qandaydir dori bilan kuydiribdi. B)Bu gapni hammaga eshittirib aytdi. C)Kun bo‘yi ishlab toliqgan Ilhomjon darrov uxlab qoldi. D)Biz bu qishloqqa ikki marta kelgan edik. 7. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A)Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham, o‘rganmoq kerak. B)Odamda tasavvur bor, shuning uchun nimaningdir yoki kimningdir suratini xayoliga keltira oladi. C)Ey farzand o‘zingni mol jam qilishdan g‘ofil tutma, ammo halollik bilan mol to‘plashga harakat qil. D)Samimiylik ham - xuddi husn va aql kabi ehson. 8. Biz. . . birov. . . uyi. . . mehmon kelsa, yon qo‘shnisi, albatta, un. . . xabar oladi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik qo‘shimchasini qo‘llab bo‘lmaydi? A) jo‘nalish B) o‘rin-payt C) tushum D) chiqish 9. Quyidagi gapda ko‘p nuqta o‘rniga qaysi so‘zni qo‘yish uslubiy jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi? Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko‘plab chiroyli bog‘lar . . . A) farovon qilindi B) barpo qilindi C) taxtlab chiqildi D) yasaldi
10. Chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qatorini belgilang. A) tom//orqa, liq//to‘la B) bug‘doy//rang, suv//talab C) pak//pakana, yilma//yil D) cho‘l//yalpiz, har//xil