80. Geksanning barcha struktura izomerlari tarkibidagi to’rtlamchi uglerodlar sonini toping?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
81. 0,1 mol maltoza bilan 0,4 mol saxaroza gidrolizlanishidan hosil bo’lgan aralashmani qaytarish uchun Cu(OH)2 ishlatildi. Hosil bo’lgan organik modda massasini toping.
A) 108 B) 126 C) 144,8 D) 117,6
82. CH4 C2H2 Benzol Geksoxloran.
Reaksiyasida 1,8 mol metandan necha gramm geksoxloran hosil bo’lishini aniqlang.
A) 116,4 B) 87,3 C) 174,6 D) 58,2
83. Nitrobenzoldan vodorod qo’shib anilin olindi. Reaksiya tenglamasining o’ng tomonidagi koeffisiyentlar yig’indisini hisoblang.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 3
84. Noma’lum alkanning 3/4 qismi yondirilganda 1,8 mol CO2 olindi, qolgani to’liq xlorlanganda 64 gramm xlorli birikma olindi.
Alkanning formulasini ko’rsating.
A) C2H6 B) C3H8 C) C4H10 D) C5H12
85. 2,5 mol H2S yondirildi. Reaksiyada 1,75 mol kislorod sarflanib, 2,5 mol suv hosil bo’ldi. Reaksiyadan hosil bo’lgan oddiy moddaning miqdorini toping.
A) 1 B) 1,5 C) 2 D) 2,5
86. 342 g 30% li Ba(OH)2 eritmasiga CO2 gazi yuttirilganda 39,4 g cho’kma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmadagi suv massasini (g) aniqlang.
A) 239,4 B) 243 C) 250,2 D) 232,2
87. Azot va vodorod o’rtasidagi reaksiya muvozanatga kelganda N2=0,8 mol/l; H2=1,2 mol/l; NH3 =0,4 mol/l bo’lsa, dastlabki aralashmadagi vodorodning konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang.
A) 1,5 B) 2 C) 1,6 D) 1,8
88. O S Se Te qatorida qaysi xususiyatning o’zgarishi xato berilgan.
A) elektromanfiylik kamayadi
B) atom radiusi kamayadi
C) metallik xossasi ortadi
D) oksidlovchilik kamayadi
89. Na2SO4 tarkibida ion bog’ qaysi atomlar o’rtasida sodir bo’ladi?
A) S – O B) O – O C) Na – S D) Na – O
90. 2 mol NaCl saqlagan eritmasi 4 F tok bilan elektroliz qilinganda anodda va katodda necha gramdan modda ajraladi?
A) 87g va 4 g B) 71 g va 2 g
C) 2 g va 71 g D) 16 g va 2 g
Dostları ilə paylaş: |