Taqdim qilinayotgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining toksikologik-gigienik ta’rifi to‘g‘risida MA’LUMOT T/r a) Ta’sir etuvchi moddaning toksikologik ta’rifi 1. Og‘iz orqali (peroral) ta’sir etuvchi o‘tkir toksiklik (zaharlilik) (sichqonlar, kalamushlar) —
LD
50
, o‘tkir ta’sir chegarasi
2. Teri orqali ta’sir etuvchi o‘tkir toksiklik — LD
50
3. Nafas yo‘llari orqali (ingalyatsion) ta’sir etuvchi o‘tkir toksiklik — CD
50
, o‘tkir ta’sir
chegarasi
4. Toksik ta’sir mexanizmi (nishon bo‘luvchi organlar), o‘tkir va surunkali intoksikatsiya
(zaharlanish)ning klinik belgilari
5. Teri va shilliq qavatlarga qo‘zg‘atuvchi ta’sir
6. Tovuqlarda sekinlashgan neyrotoksik ta’siri (fosfororganik pestitsidlar uchun majburiy,
boshqalari uchun — zarurat tug‘ilsa)
7. O‘tkirosti peroral toksiklik (kumulyativ xossalari), kumulyatsiya koeffitsienti
8. Teridagi o‘tkirosti toksiklik
9. Sensibilizatsiyalovchi ta’sir, immunotoksiklik
10. Surunkali toksiklik (chegaraviy va samarasiz dozalar)
11. Onkogenlik, hayvonlarning ikki turiga (sichqonlar, kalamushlar) ikki yil mobaynida sinovdan
o‘tayotgan moddani kiritish yo‘li bilan aniqlanadi va tirik qolish bo‘yicha materiallar (jadval
yoki egri chiziqlar) taqdim qilish, shuningdek, interkurrent (Kaplan — Meyer usuli bo‘yicha)
o‘lim darajasini hisobga olgan holda effektiv miqdor (birinchi o‘sma paydo bo‘lguncha yoki
aniqlanguncha yashab qolgan hayvonlar miqdori) bo‘yicha aniqlanadigan barcha gistologik
tur va lokalizatsiyadagi xavfli va bezarar o‘smalarning uchrash chastotasi bilan belgilanadi;
eksperimental va tarixiy nazorat bo‘yicha ma’lumotlar
12. Teratogenlik va embriotoksiklik — homiladagi anomaliyalarni va homila uchun toksiklikni
aniqlashga imkon beruvchi uslubiy yondashuvlarni qo‘llagan holda
13. Reproduktiv toksiklik, ikki avlod usulini qo‘llagan holda va gonadoksiklik
14. Mutagenlik:
metabolik faollik bilan va faollashmagan gen mutatsiyalari uchun Eyms testi;
insonning periferik qonidagi limfotsitlarda in vitro sitogenetik testi (xromosomali
aberratsiyalar);
kemiruvchilarning suyak ko‘migi hujayralarida in vivo sitogenetik test (xromosomali
aberratsiyalar, mikroyadrolar).
Shuningdek boshqa, ammo uchtadan kam bo‘lmagan, jumladan, Eyms testi va
sutemizuvchilar uchun in vivo testini hisobga olgan holda testlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi
15. Sut emizuvchilar organizmidagi metabolizm, asosiy metabolitlar, ularning toksikligi,
toksikokinetika va zarur bo‘lsa toksikodinamika
16. Zararli ta’sirni limitlovchi ko‘rsatkich
17. Inson tanasi og‘irligiga qarab yo‘l qo‘yiladigan mg/kg/vazn sutkalik doza (YSD).
Atrof-muhit ob’ektlarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridagi metabolizm