KON - MEXANIK QISMI
Kon transporti
Shaxta va rudniklarning umumshaxta bo‘linmalariga shaxta ichi transporti, shaxtani suvsizlantirish, elektr ta’minoti, tibbiy xizmat va yuklarni ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar kiradi. Men hozir kon mexanik bo‘limning kon transporti qismiga to‘xtalmoqchiman.
Shaxta ichi transporti er osti lahimlari bo‘ylab kovjoydan qazib olingan foydali qazilmani va kon jinslarini er yuzigacha tashib chiqarish, mashina va uskunalarni, mustahkamlagich materiallarini er yuzidan shaxta ichiga tashib keltirish, odamlarni ish joylarga olib borish va ish kuni oxirida er yuziga chiqarib qo‘yish kabi xizmatlarni amalga oshiradi.
Siklli transport vositalariga temir yo‘l transporti, avtomobil transporti, o‘ziyurar vagonchalar, skreper qurilmalari kabi transport vositalari kiradi. Bunda tashilayotgan yuklar vaqt bo‘yicha uzlukli ravishda qismlarga ajratib tashiladi.
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish boshqarmasi” filialida
Qiya tashuvchi stvollar orqali foydali qazilma er yuziga 1LU-120 va 1L-100 markali trossli va tasmali rezino-lentali konveyrlardan foydalanilmoqda.
Ishchilarni konga tushirib chiqarishda, yordamchi materiallarni konga etkazib berishda va olib chiqishda, og‘irligi 1.5 tonnali bo‘lgan vagonetkaga moslangan stvol klet bilan jihozlangan.
1 LU-120 tasmali konveyrining texnik xarakteristkasi:
2-jadval.
Ishlash unumdorligi
|
1500 t/ch
|
Dvigatel quvvati
|
2x250 ili 3x250 kVt
|
Transportlash tasmasi haraktining tezligi
|
3.15 m/s
|
Konveyr uzunligi
|
1100 m
|
Lenta kengligi
|
1200 mm
|
YUqori silindirlar orasidagi masofa
|
1200 mm
|
Pastki silindirlar orasidagi masofa
|
3600 mm
|
Qiyalik burchagi
|
-3dan+6 gradusgacha
|
Tozalash zaboyidan ko‘mirni tashish, asbob uskunalarni etkazish va shamollatish sxemasini ko‘mir qazib chiqaruvchi 4-uchastka misolida amalga oshiriladi. Sboykadan ko‘mir o‘z og‘irligi massasi bilan S-53 zanjirli konveyrga tushib, ko‘mir tushurish pechi bo‘ylab tashiladi. Ko‘mir S-53 konveyr orqali konveyr shtrekidagi 1L-80 tasmali rezino-lentali konveyriga, bremsberg№3 lahimidagi 1L-100 tasmali konveyrga, gorizont +865 tashuvchi shtrekdagi 1L-100 tasmali konveyrga, gorizont +803 tashuvchi shtrekdagi 1L-100 tasmali konveyrga, gorizont +900 dagi 1L-100 tasmali konveyrga, undan qiya yotiq 1L-100 tasmali konveyrga yuklanadi, konveyrlar davomi uklon№1 ulanadi KLA-250, gorizont +818 ga tushadi va undan qiya yotiq stvoldagi 2 ta 1 LU-100 va 1 LU-120 tasmali konveyrlar bo‘ylab yuqoriga tashilib chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |