Respublika ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirishning ustuvor va
Mexnat muxofazasi Mexnatni muhofaza qilish bu-ijtimoiy iqtisodiy, texnika sanitariya-gigiena, mexnat qonunlari va tashkiliy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘ligi va mexnatga qobilyatinita’minlashga qaratilgan fandir. O‘zbekiston Respublikasida mexnatni muhofaza qilishning huquqiy texnik va sanitariya-gigena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqarilmoqda. Mehnatni muhofaza qilish fani bir qancha fanlar chegarasida vujudga keldi. Bunda ishlab chiqarishdagi hamma jarayonlar hisobga olinadi. Bularga ishlab chiqarish muhiti va sharoiti, inson bilan ishlab chiqarish qurollari o‘rtasidagi texnologik jarayonning borishi va ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqalar. Mehnatini muhofaza qilish fani quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan.
1.Ijtimoiy huquqshunoslik va iqtisod fanlari;
2.Tibbiyot fanlari;
3.Texnika fanlari.
Texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda ishlab chiqarish kavjoylarida va tupukovoy lahimlarda bir kishi uchun kamida 6 m3/s havo bo‘lishi shart. Qutqaruvchi (samospasatel) anjom ishchi va xodimlarning yonida taqilgan holda bo‘lishi shart, ishchilar ishlayotgan jarayonida halaqit qiladigan darajada bo‘lsa o‘zidan kamida 3 metr masofada va xavfsiz joyga osib yoki lahim ustunlariga qo‘yish kerak. Shamollatilmaydigan yoki “STOP” yozuvi ya’ni ta’qiqilangan lahimlarga kirish yoxud biror-bir ish bajarish mumkin emas chunki bu halokatga olib keladi. Ish jarayonida ishchi xodimlar faqat maxsus ish kiyimida bo‘lishi shart. Ustki va ichki kiyimlar yirtilmagan choklari so‘tilmagan, tugmalari soz holda bo‘lishi lozim. Bu tasmali va trossli hamda boshqa texnik jihozlarga ilinib, qolmasligi va ixcham harakat qilishni ta’minlaydi. Shaxtada shamollatish uskunasi ishdan chiqsa yoxud elektr energiya o‘chganida 30 min kutish kerak, agar shundan keyin havo berilmasa shoshilmasdan tashqariga chiqish joyiga kelib er yuziga chiqish lozim.