Mahsulot sotish hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va natija aloqadorligini
ko’rsatkichlar
41F42
Daromad Xarajat Natija
1 2 3
Mahsulot sotishdan sof
tushum
(2500.0 m.s.)
Sotilgan mahsulotni ishlab
chiqarish tannarxi
(2250.0 m.s.)
Mahsulot sotishdan yalpi
foyda
(250.0 m.s.)
A)O’zgaruvchan xarajatlar
(2000.0 m.s.)
Marjinal foyda
(500.0 s.m.)
B)O’zgarmas
xarajatlar
(250.0 m.s.)
Mahsulot sotishdan sof
foyda
(250 m.s.)
Operatsion faoliyatdan
tushum
(230.0 m.s)
Operatsion xarajat
(335.0 m.s)
Operatsion faoliyatdan
foyda (daromad)
(-105 m.s.)
Moliyaviy faoliyatdan
tushum
(410.0 m.s.)
Moliyaviy faoliyat bo’yicha
xarajatlar
(300.0 m.s.)
Moliyaviy faoliyatdan
foyda (daromad)
(110 m.s.)
Kutimagan holatlardan
tushum
(0.0)
Kutilmagan holatlardan
xarajat
(0.0.)
Kutilmagan holatlardan
foyda
(0.0)
Umumiy tushum
(daromad)
(3140 m.s.)
Umumiy xarajat (sarf)
(2885 m.s.)
Umumiy foyda
(265 m.s.)
42
M.Yu.Raximov “Don maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy natijalar hisobi, taxlili va auditini
takomillashtirish”(dissertatsiya). T.; O’zR. Bank va Moliya akademiyasi, 1999 yil
44
3.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash
Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash moliyaviy hisobotlashning muhim
tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarni baholashda albatta ularning
tuzilishi va tabiatini bilish talab etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari “Xarajatlar tarkibi”
to’g’risidagi Nizomga muvofiq quyidagi xarajat elementlari bo’yicha tarkiblanadi;
-Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
-Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari va
ajratmalari;
-Ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashayotgan asosiy va nomoddiy aktivlarni
eskirish xarajatlari;
-Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Ularni baholanishi tarkib bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan; mehnat
haqini baholanishi hisoblangan mehnat haqi va ajratmalar summasidan yoki mehnat haqi va
ajratmalar yuzasidan tan olingan majburiyatlar summasidan kelib chiqib baholanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya, eskirish qiymatlari
belgilangan, qat’iy, normalar asosida hisob-kitob qilingan qiymat bilan baholanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiruvchi moddiy xarajatlarni baholanishi asosiy
vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni eskirishi, mehnat haqi va ajratmalar baholanishidan
keskin farq qiladi. Moddiy resurslar tarkibiga kiruvchi va ishlab chiqarish xarajatlarida asosiy
element hisoblangan zahiralarni baholanishini buxgalteriya hisobini milliy standartlari
bo’yicha quyidagi turlari tarkiblanadi;
-O’rtacha tannarx usuli;
-FIFO
usuli;
-LIFO
usuli;
O’rtacha tannarx usuli zahiralarni o’rtacha bahosida ishlab chiqarish tannarxiga olib
borishni, Fifo usuli dastlabki kirimni dastlab chiqarishni, Lifo usuli so’ngi kirimni dastlab
hisobdan chiqarishni xarakterlaydi.
Bu usullarni farqlashni ahamiyati shundaki, ularning natijaviy ko’rsatkichga ta’siri
turlicha bo’ladi. Masalan; o’rtacha tannarx bo’yicha alohida ishlab chiqarish tannarxiga, fifo
usulida alohida, lifo usulida alohida ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatkichlariga ega bo’linadi.
Buning ta’sirida natijaviy ko’rsatkich ham turlicha chiqadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda boshqa xarajat elementlarini baholanishi
xarajatlarning tarkibi bo’yicha farqlanadi. Masalan; xizmatlar shaklida olingan ishlar xajmi
ularning xaqiqiy qiymati yoki majburiyatlarning tan olingan qiymati bo’yicha baholanadi.
45
3.2.-jadval
Dostları ilə paylaş: |