94
6.5. Kreditga layoqatlikni baholashni xorij tajribalari
va ularning muvofiqli
Firma va kompaniyalarni kreditga layoqatligini baholashni xorij tajribalarini o’rganish
asosida shuni izohlash mumkinki, uning
-uslubiy asoslarida;
-tashkiliy asoslarida;
-hukukiy, me’yoriy asoslarida sezilarli farqlarni sezish mumkin.
Uslubiy asoslari. Uslubiy asoslari bo’yicha mazmun jihatdan bir xildagi yondashishni
ko’rish mumkin. Lekin farq etuvchi jihatlar ham mavjud. Masalan; to’lovga qobillikni
o’rganishda bizning amaliyotda 3 ta muhim ko’rsatkich aniqlanadi. Ya’ni; mutlaq oraliq va
umumiy to’lov layoqati ko’rsatkichlari. Lekin xorij amaliyotida firma, kompaniyani kreditga
layoqatligiga bitta, umumiy to’lovga qobillik ko’rsatkichi natijasi asosida baho beriladi. Pul
va qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar bir qatorga va o’ringa qo’yiladi. Qimmatli
qog’ozlarning aylanishi pul mablag’larining aylanishiga nisbatan tez kechadi. Tovarlar va
zahiralarning aylanuvchanligi majburiyatlar aylanuvchanligidan tez kechadi va h.k.
Tashkiliy asos. Kredit olish va berish tartibida kredit muassasalarining raqobatchilari
nihoyatda. Bu holat kredit mijozlari uchun kurash qonuniga amal etilishi va moliya bozorini
rivojlanganligidan dalolat beradi. Kredit resurslari band qilishdagi har qanday to’siqlar olib
tashlangan. Kredit oluvchi bilan kredit oluvchi o’rtasida yoki qarz beruvchi bilan qarz oluvchi
o’rtasida ishonch, bir- birini aldamaslik qarz munosabatlari, biznes shioriga aylangan. Kredit
oluvchi asosiy talab qilinadigan narsa uning aniq biznes loyihasi va garovi hisoblanadi. Bizda
esa o’zgacha. Aniq biznes loyiha va garovdan tashqari ko’plab shartlarga bo’ysinish talab
etiladi.
Huquqiy asos. Firma va kompaniyalarga kredit berish va uni qaytarishni me’yoriy
xujjatlarini takomillashtirish talab etiladi. Negaki, uning bir turi tadbirkorlar huquqini qarz
oluvchini huquqini himoya qilsa, ikkinchisi qarz beruvchini huquqini ximoya etadi.
Betaraflik qoidasiga amal etgan holda tugal qonunchilik mexanizmini yaratish lozim deb
o’ylaymiz. Kreditni olish va qaytarishdagi turli taxlikalardan himoya etuvchi zahiralar fondini
tashkil etish, qarzdor va qarz beruvchini bir-birini aldamaslik, xiyonat qilmaslikni uning
yuragiga singdirish lozim.
|