99
7.2.
Investitsiyalarni moliyaviy tahlil etishning
maqsadi va uning asosiy jihatlari
Investitsiyalar va investitsion loyihalarni moliyaviy tahlili uning samaradorligini
baholashda muhim masala hisoblanadi. Moliyaviy tahlil etish asosida investitsion loyihaning
oqlanuvchanligi va foydaliligi aniqlanadi. Uning xarajatlari va uning samaradorligi
baholanadi.
Shuningdek, investitsion loyihalarni tuzish va ularni iqtisodiy asoslashda ham
moliyaviy tahlil muhim rol o’ynaydi.
Mavjud loyihalarning samaradorligi, oqlanuvchanligi, hayotiyligi,
tavakkalchiligi
yuzasidan investitsion echimlar berish murakkab masala hisoblanadi. U albatta aniq hisob-
kitoblar va ularning natijasiga tayangan holda belgilanadi. Shu sababli moliyaviy tahlilning
investitsion qarorlar qabul qilishdagi ahamiyati nihoyatda yuqori hisoblanadi.
Moliyaviy tahlil etishda investitsion loyihalar samaradorligini baholashning YuNIDO
usulbiyati markaziy o’rinda turadi.
YuNIDO uslubi bo’yicha moliyaviy tahlilning muhim jihatlari bo’lib
quyidagilar
hisoblanadi.
-Investitsion qarorlarning asosiy mezonlari;
-qo’yilmalarni baholash va loyiha qiymatini aniqlash;
loyihaning hayotiyligi va uning bosqichlarini rejalashtirish;
-taxlikalar,
noaniqliklar va boshqalar
Investitsion loyihalar moliyaviy tahlilining mazmunini quyidagilar tashkil etadi;
-loyihalar ishonchligini tahlil etish;
-loyihalashtirilgan investitsion loyihaning daromad va xarajatlarini tahlil etish;
-sof kirim, chiqim, loyihalarning
iqtisodiy nafligi, foydaliligi, investitsion faoliyat
samaradorligini baholash;
-investitsion qarorlar qabul qilishda sarmoyalar nafligini himoyalanganligi, taxlikalarni
tahlil etish.
Investitsion
loyihalarni
baholash moliyaviy tahlilning
qiyin va murakkab bosqichi
hisoblanadi. Odatda investitsiga yo’naltirilgan mablag’larni baholashning ikki usulini qayd
etish mumkin.
1.Real aktivlarni kutilgan qiymati;
2.Real aktivlarni joriy qiymati.
Real aktivlarni kutilgan qiymati quyidagi ifoda orqali topiladi.
Dostları ilə paylaş: