Globallashuv sharoitida ishchi kuchi
Globallashuv sharoitida ishchi kuchi
Reja:
Kirish
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari
KIRISH
Globallashuv sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasi mehnat bozorining ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda. Hozirda jahon iqtisodiyotining transformatsiyalashuvi sharoitida migratsiyaning yuqori darajadagi oqimi ma’lum bir hududdan boshqa bir mamlakat tomon yo‘naltirilmoqda. Ishchi kuchi migratsiyasi donor mamlakatlar va ishchi kuchini qabul qilayotgan retsepiyent mamlakatlarga bir vaqtning o‘zida ijobiy afzalliklarni ta’minlash bilan birga, ma’lum bir salbiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Mamlakatimiz so‘nggi o’n yillikda xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlariga u yoki bu darajada ishtirok etib kelmoqda, mamlakatimizda aholi farovonligini ta’minlash, hayot faoliyatini yaxshilash hamda mamlakatimiz hududlarida ish o‘rinlarini tashkil etish borasida qator vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda, bunday manzilli dasturlar sifati va ko‘lamining yanada oshirilishi mamlakatimizning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda jahon xo‘jaligining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganligi bilan xarakterlanadi, iqtisodiyotning globallashuvi ko‘p soha-tarmoqlarni qamrab olganligi sababli mehnat bozorida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda va shu sababdan ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlari yangicha namoyon bo‘lmoqda, shu boisdan ham bu muammoni tadqiq qilish muhim va dolzarb ahamiyatga ega. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarini barpo etish hamda qishloq hududlarida uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturi zamirida juda katta ulkan hajmdagi ishlar mujassam ekanini, u o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, ana shu bunyodkorlik ishlarida mamlakatimiz aholisining faol ishtirokini ta’minlash imkonini berishni unutmaslik kerak. Biz mazkur dasturni amalga oshirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, bu bilan mamlakatimiz uchun dolzarb bo‘lgan aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etishni ko‘zda tutamiz”
Globallashuv sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasi iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga aylanib bormoqda bu dunyo hamjamiyati oldiga bir qator muammolarni dolzarb masala sifatida qo‘ymoqda. Bu muammolar inson huquqlariga qaratilgan bo‘lib; odam savdosi, ijtimoiy muammolar, ish haqi, munosib mehnat, o‘z mutaxassislik sohasi bilan shug‘ullana olmaslik, kabi muammolarning yildan-yilga – oshib borish holatlariga olib kelmoqda. Bugungi kunda ayrim mamlakatlar davlatlararo migratsiyaga oid bir necha qonun-qoidalar va kelishuv bitimlarini imzolashgan Bunday kelishuvlar albatta mehnat migrantlarining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy ehtiyojlari qondirilib ishchilarda erkinlik holatlari yuzaga kelish bilan birga mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o‘tqazadi. Ayni paytda mehnat migratsiyasi jarayonlarining tobora avj olib borayotganligiga qaramasdan dunyoning aksariyat mamlakatlarida migrantlarning qonuniylik makoni hali ishlab chiqilmganligi yoki chegaralanganicha qolib ketayotganligi jahon hamjamiyatining bu muammoni qisqa vaqtlar bilan hal etish lozimligini ko‘rsatadi. Mehnat migratsiyasini samarali ravishda tartibga solinmaganligi oqibatida, aksariyat holatlarda mehnat migrantlarning huquq va erkinliklarining ta’minlanmasligiga hamda noqonuniy migratsiya, odam savdosi va shu kabi noxush holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |