Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Zardushtiylik ta`limoti.
Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da`vat etadi.
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.

Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to`rt unsur suv, olov, yer va havo ulug`lanadi.