«Avesto» – Zardushtiylikning asosiy manbasi



Yüklə 4,47 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#162930
Avesto new

«Avesto» – Zardushtiylikning asosiy manbasi


“Avesto” bundan XXX asr muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir.
I.Karimov




REJA:

  • «Avesto» – Zardushtiylikning asosiy manbasi
  • Zardushtiylik dini
  • Zardushtiylik dini asoschisi
  • Avesto

«Zardushtiylik dini»


Miloddan avvalgi IX—VIII asrlarda qadimgi
Xorazm diyorida ezgulik dini – zardushtiylik vujudga keldi.
  • Asoschisi: Zardusht (Zoroastra,Zarastra, Zaratushtra)
  • Paydo bo’lgan vaqti: m.a. VI asr
  • Din asoslari bayon etilgan manba: “Avesto”
  • Hozirda bu dinga e’tiqod qiluvchi aholi yashaydigan joylar: Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyod aholi, Eron
  • Muqaddas unsurlari: suv, olov, tuproq, havo

Yu . A . Rapoport, S. F. Oldenburg

  • Zardushtiylik o’tmish dinlarining eng kuchlilaridandir. Uning budda , xristianlik va islomga ma’lum darajada ta’siri bor . Yu . A . Rapoport
  • Zardushtiylik o’z davrida insonning yer yuzida faravon yashashiga katta ahamiyat bergan eng oqilona dindir. S. F. Oldenburg.

Gegel, Jan Dyushe 

  • Zardushtiylik yorug’lik va mehr – oqibat dinidir. U yovuzlik va qorong’ilikka qarshi turadi . Gegel
  • “Osiyoning barcha farzandlari ichidan g’arb birinchi o’rinda zardushtni o’ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g’oyalari Iso Masih ta’limotidan ilgari Yunonishtonni boyitgan edi. Zardushtni Platon ham bilar edi. Budda va Konfutsiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ldi. Shu sababli Zardusht g’arbda qadim Osiyoning yagona donishmandi bo’lib qoldi“. Jan Dyushe 

Bu dinning nomi uning asoschisi Zardusht nomidan olingan.

«Zardusht»

Zardushtning hayoti taxminan mil.av. VI asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Otasining ismi Porushasp, onasining ismi Dug’dova edi.Zardushtning tarixiy shaxs ekanligi fanda hali ham tortuvshuvli masala bo’lib qolmaoqda. U Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning eng qadimiy qismi “Got”ni ijod etgan.Zardushtiylik o’z ta’limotini Sharqiy Eron va O’rta Osiyoda targ’ib etgan, deb taxmin qilinadi.

«Zardusht»

Sharq rivoyatlariga ko’ra, Zardusht Baqtriyada shoh Vishtaspa davrida yashagan, yangi diniy ta’limotni targ’ib qilgan, Vishatspa birinchi bo’lib uning ta’limotini qabul qildi. “Avesto”ning keyinroq yozilgan boblarida Zardushtning shaytonlarga qarshi so'zi, mo’jizalar bilangina emas, qurol bilan ham jang qilgan afsonaviy kurashchi sifatida tasvirlangan.

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» deb ataladi. Kitobda Ahuramazda («donishmand», «yuksak», «daholi») dunyoni yaratgan xudo deb e’tirof etiladi.

«Avesto»

  • Yaratilgan vaqti va joyi: 2 ming yil davomida og’zaki tarzda shakllanib, m.a. III asrda Arshakiylar tomonidan kitob holiga keltirilgan
  • Ma’lumotlar keltirilgan xalqlar: Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo
  • Saqlanib qolgan qismlari: 4ta

Eron ahamoniylari podshosi Doro III davrida «Avesto» 12 ming qoramol terisiga tilla bilan yozildi va xazinada saqlandi.

Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog‘ida uning katta qismi yoqib yuborildi.

Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi.

“Avesto” dagi ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo aholisining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar quyidagicha bo’lgan.

Oradan bir necha asrlar o‘tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi.

«Avesto» O‘rta Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekistonning o‘tmish tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e’tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng qadimgi yozma manba sifatida o‘rganiladi.


O’zbekistonda chop qilingan “Avesto” kitobida chizilgan ushbu rasmda darvish qiyofasi tasvirlangan. Hamda uning ostida shunday so’zlar yozilgan: "Darvishlarning anduhlarni yaratguvchi mehribonlik va javonmardligini olqishlaymiz". "Yetti buyuk yasht"

“Avesto»ning mazmuni”


«Avesto»da ta’kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan.
Ezgulik
Yovuzlik

Barcha yovuzliklarni (o‘lim, qahraton qish, zararkunanda hasharotlar va shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi.


Axriman

Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug‘likni va adolatni himoya qiladi.


Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g‘alaba qozonadi.
Ahuramazda

Biroq, buning uchun kishilar – yolg‘on gapirmasliklari, bergan va’dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim.

«Avesto»ning 2700 yilligi.


«Avesto» nafaqat bizning, balki jahon
madaniyatining ham nodir merosi hisoblanadi.

Shuning uchun ham xalqaro YUNESKO tashkiloti O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1999-yilda «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.


ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin