56
4.1.
Firma va kompaniyalarda iqtisodiy
nochorlikka olib keluvchi sabablar va omillar
Totalitar rejali tizimning raqobatga asoslangan
bozor iqtisodiyotiga
transformatsiyalashuvi jarayoni milliy iqtisodiyotda bankrotlik, inqiroz, nomuvozonatlik kabi
mutlaqo yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammolarning nazariy va amaliy
asoslarini o’rganish, ularni hal etishni dastaklarni belgilab olish hozirgi kunning muhim
masalasi hisoblanadi.
Iqtisodiy nochorlikni yuzaga keltiruvchi sabablar nihoyatda ko’p. Lekin ularning
negizida albatta sog’lom raqobot turadi.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I,A. Karimov ushbu muammonining dolzarbligini
ko’rsatib, “Bozor qonunlari amal qila boshlashi, raqobatchilik muhitini tarkib topishi va erkin
tadbirkorlik uchun hamma yo’llar bilan ayni qonunlarga rioya qilgan holda ishlab chiqarish
tarkiban o’zgartiriladi ham. Bu narsa faqat raqobatga bardosh berishga intilish bor joydagina
yuz beradi. Raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarishni doimiy
ravishda yangilab
borishga tadbirkorlar o’zlari majbur bo’ladigan sharoit vujudga keladi”-deb ta’kidlaydi.
52F
53
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy jihatdan mustaqil
bo’lgan holda, raqobat kurashiga tortiladilar. Bu kurash kimnidir bor, kimnidir yo’q qiladi.
§olib korxonalar o’zining moliyaviy ahvolini mustahkamlagan holda bozorda o’zining
muqim o’rniga ega bo’la boradilar. Mag’lub korxonalar esa sinadilar yoki o’z faoliyatini
to’xtadilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g’oliblik yoki bu mag’lublik muqarrar narsaki, uni
boshqarib qolish mumkin emas.
Aytish mumkinki, uzluksiz davom etuvchi raqobot kurashi
doimo iqtisodiy nochorlik
yoki bonkrotlik holatiga tushish havfini tug’diradi.
Iqtisodiy
nochorlik,
bankrotlik, krizis holati kabi tushunchalar bitta ma’noni ya’ni,
firma va kompaniyalarning sinishini izoxlashda ishlatiladigan tushunchalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti qisqacha lug’at ma’lumotnomasida “bonkrotlik (ital. so’zdan
Čč
olingan bo’lib „aynan singan kursi“
Č
)-sinish; fuqaro, korxona, firma va bankning mablag’
etishmasligidan o’z majburiyatlari bo’yicha qarzlarini to’lashga qurbi etmasligidir deyiladi.
Bonkrotlikka uchrash sabablari tovar ishlab chiqarishda qiymat qonunining amal qilishi
raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi“
53F
54
deb ta’riflanadi.
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24-aprelda qa’bul qilingan yangi tahrirdagi
„Bonkrotlik to’g’risidagi“ Qonunning 3- moddasida bonkrotlik bunday ta’riflanadi;
“Bonkrotlik (iqtisodiy nochorlik)-xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul
majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy
to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatlarini to’la hajmda qondirishga qodir emasligi“
54F
55
tushuniladi
deyiladi.
53
I.A.Karimov “O’zbekiston Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida”T;”O’zbekiston”, 1995, 200-bet
54
O’lmasov A. To’xliev N. Bozor iqtisodiyoti qisqa lug’at-ma’lumotnoma.T,: Komuslar bosh taxririyati-1991 y., 12-bet
55
O’zbekiston Respublikasi “Bonkrotlik to’g’risida” qonun.T.;2003 y.
57
I.f.n. Xasanov N. tomonidan „bonkrotlik- bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qarz va
majburiyatlarini qaytarib berishga va to’lashga qodir emasligi bilan izohlanadi“
55F
56
.
Bugungi kunda, iqtisodiy nochorlikni belgilashning
nazariy asoslarida ham, uni
aniqlashning uslubiy asoslarida ham, iqtisodiy nochorlikni belgilash yuzasidan chiqarilgan
xuquqiy aktlarda ham, uning tashkiliy va amaliy asoslarida ham qator muammolarga duch
kelinmoqda. Bu tabiiy hol hamdir. Negaki, rejali iqtisodiyot sharoitida korxonalarni sinishi,
bonkrot bo’lishi, iqtisodiy nochorligi kabi tushunchalarga o’rin yo’q edi.
Chunki bunday
holning o’zi yo’q edi.
Erkin raqobatga dosh berolmabdiki, firma va kompaniya yopiladigan bo’lsa, uning
ta’siridagi ijtimoiy o’zgarishlarni, muammolarni qanday hal qilamiz. Ularni moliyaviy
sog’lomlashtirish chora tadbirlarini belgilab bo’lmaydimi yoki bonkrotlikdan chiqish
choralari ko’rilmaydimi. Bu masalalar iqtisodiy nochorlikdan korxonani yopish bilan
qutilinadi degan mazmun kelib chiqmasligi lozim. Bu va shu kabi
muammolarga javob topish
maqsadida bonkrotlik institutini tashkil etish zaruriyatga aylandi va u tashkil etildi.
Respublikamizda xo’jalik sudi tomonidan bonkrot deb 1998 yilda 448 ta, 1999 yilda
1015 ta, 2000 yilda 1295 ta,2001 yilda 1176 ta, 2002 yilda 1266 ta korxona e’lon qilingan.
Shundan tugatilagan korxonalar soni tegishli yillar bo’yicha 398 (1998), 1006 (1999), 1148
(2000), 1267 (2001), 1080 (2002) korxona tugatilgan.
56F
57
Ko’rinib turibdiki, bankrot
korxonalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda.
Bonkrotlikni tsiklik jarayoni quyidagi ko’rinishda kechadi.
56
N.Xasanov “”Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bankrotlik va sanatsiyaning nazariy asoslari” Dissertatsiya avtoreferati, T,;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi.2003y.
57
O’zbeksiton Respublikasi Iqtisodiyot vazirligini Iqtisodiy nochor korxonalao ishlari ko’mitasining ma’lumotlari.