Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismlari



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#144550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismlari
Boshqaruv va moliyaviy tahlil 
 
Iqtisodiy tahlilni o’zining turli tasnifiy belgilariga muvofiq tarkiblanishi belgilangan. 
Jumladan; hisob tizimini tashkil etishdagi holat, o’rganiladigan ob’ektlarni farqlanishi uni 
boshqaruv va moliyaviy tahlilga tarkiblashni xarakterlaydi. 
Boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil, ular orasida aniq chegara mavjudmi, ular 
qanday farqlanadi, aniq tasnifiy belgilari mavjudmi? Ushbu savollarga javob topish 
maqsadida qator olimlarning fikr muloxozalariga tayanishni lozim deb topdik. 
Chet el adabiyotlarini kuzatish natijasida shuni tasniflash mumkinki, boshqaruv 
tahlili, alohida fan sifatida shakllanmagan. Uning birlik elementlari, xizmat funktsiyalari 
boshqaruv hisobi xizmatini ichida bajariladi. Moliyaviy tahlil esa alohida fan sifatida 
shakllangan.
Bu bir jihatdan to’g’ri ham hisoblanadi. Negaki boshqaruv tahlili va boshqaruv hisobi 
ma’lumotlarini sir saqlanishi ham, ularni alohida yuritishni talab etmaydi. 
Boshqaruv tahlili bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, ishlab 
chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan ichki imkoniyatlarni aniqlashning aniq 
masallarini o’z ichiga oladi. Unda korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati yuzasidan 
reja topshiriqlarining bajarilishi, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishning 
holati, imkoniyatlar va ularni maqsadli boshqarishdagi muhim yo’nalishlar belgilanadi. 
Boshqaruv va moliyaviy tahlil yuzasidan olimlar o’rtasida turlicha qarashlar mavjud. 
Masalan; M.Q.Pardaev tomonidan boshqaruv tahliliga quyidagicha ta’rif beriladi. 
“Boshqaruv tahlili-korxona raxbariyati, egasi va mutaxasssislari tomonidan ichki 
imkoniyatlarni ishga solish va samaradorlikni oshirish maqsadida qilinadigan tahlildir” 
“Moliyaviy tahlil-xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy natijalari va moliyaviy 
holatini o’rganishga bag’ishlangan tahlildir”
2
 
Boshqaruv tahlili va uning ob’ektlari to’g’risidagi to’liq ma’lumotni 1.1.-chizmadan 
bilib olish mumkin. 
2
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Sam.; Zarafshon,2001 y.,183-bet


9

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin