5.2.-jadval
Firma va kompaniyalarning bozor faolligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash formulasi Ko’rsatkichlar Aniqlanishi
ifodasi
Bitta aktsiyaning daromadligi (Da)
Da=Asf/Abb
Asf-Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan sof foyda
Abb-bitta aktsiyanig bozor bahosi
Bitta aktsiyaning xaqiqiy
daromadligi(Ad)
Ad=Ads/Anq
Ads-bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan dividend
summasi
Anq-bitta aktsiyaning nominal qiymati
Bitta aktsiyaning qurs farqi
koeff.(Kak)
Kak=Asb-Aob/Anq
Asb-aksiyani sotish bahosi
Aob-aktsiyani sotib olish bahosi
Aktsiyaga to’langan dividendlar
salmog’i koeff. (Katd)
Katd=Tdus/Sf
Tdum-to’langan dividendlarning umumiy summasi
Sf-korxona sof foydasi
Tahlil vazifalari qilib quyidagilar belgilanadi.
1. Firma va kompaniyalarning ish folligini tahlil etish orqali uning moliyaviy va
iqtisodiy salohiyatini ko’tarish;
2. Firma va kompaniyalarni bozordagi o’rni va faolligini tahlil etish va uni o’stirish
imkoniyatlarini ko’rsatib berish;
3. Firma va kompaniyalarni ish va bozor faolligini uning moliyaviy holatiga ta’sirini
baholash;
4. Firma va kompaniyalarda majburiyatlarni maqsadli boshqarishni yo’lga qo’yish;
5.Pul va likvid mablag’larni aylanuvchanligini tezlashtirish yuzasidan chora tadbirlarni
belgilash.
6.Tovarlar va zahiralarni korxonada turib qolmasligi, ularni aylanuvchanligi ta’minlash
yo’l-yo’riqlarini belgilashdan iboratdir.
Tahlil uchun zarur bo’lgan axborotlar moliyaviy hisobotning (1-shakl «Buxgalteriya
balansi», 2-shakl «Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot, 3-shakl «Asosiy vositalar
harakati” to’g’risidagi hisobot, 4-shakl (Pul oqimi to’g’risidagi” hisobot 5- shakl «Xususiy
kapital to’g’risida”gi hisobot )shakllaridan olinadi.