Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib


Mavzu bo’yicha foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 375,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/72
tarix17.09.2023
ölçüsü375,69 Kb.
#144550
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003 unlocked

 
Mavzu bo’yicha foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
(1, 3, 4, 8, 10, 13, 15, 16, 17, 25, 27, 29, 31, 32, 33, 34, 35, 39, 45, 46, 47, 48, 51, 52, 
53, 54, 58, 59, 61, 62, 63, 64, 65, 67, 69, 70, 71, 72, 73 ) 
 


74
 
5.1. Firma va kompaniyalar ish va bozor faolligini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar va ular tahlilini vazifalari 
Firma va kompaniyalarning bozordagi o’rni, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, 
mavqeyi ko’p jihatdan, uning ish va bozor faolligi ko’rsatkichlarining holatiga bog’liq. 
Firma va kompaniyalarning ish va bozor faolligi ko’rsatkichlari ular moliyaviy holatiga 
baho berishda muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi. To’g’ri, ish faolligini xarakterlovchi 
ko’rsatkichlarni biz ilgari ham aniqlaganmiz. Lekin ularni ish faolligi ko’rsatkichlari deb 
emas balki, asosiy va joriy aktivlarning aylanishi, qarz majburiyatlarning aylanishi sifatida 
o’rganganmiz. 
Bu ko’rsatkichlarning firma va kompaniyalar moliyaviy holatiga baho berishdagi 
ahamiyati, muhimligidan kelib chiqib ularni alohida o’rganish va tavsiflash lozim deb 
o’ylaymiz. 
Firma va kompaniyalar ish faolligi deganda-uning asosiy va joriy aktivlarining 
aylanuvchanligi, qarzlarning oqlanuvchanligi tushuniladi. 
I.f.d. prof. M.Q. Pardaev tomonidan korxona ish faolligi deb - «korxonani o’z 
maqsadiga erishish yo’lida iqtisodiy va moliyaviy salohiyatdan samarali foydalanish evaziga 
muntazam ravishda iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan iborat chora tadbirlarga aytiladi».
65F
65
Ish faolligini asosiy ko’rsatkichi sifatida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari olingan 
holda muallif tomonidan firma va kompaniyalar ish faolligini quyidagi ko’rsatkichlar tizimi 
tarkiblanadi; 
-ish faolligini iqtisodiy potentsialni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari; 
-ish faolligini moliyaviy potentsialni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari; 
-ish faolligini iqtisodiy samaradorlik bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari. 
I.f.d. Prof. E.Akramov tomonidan korxona muqim moliyaviy barqarorligini 
ta’minlashning muhim omili sifatida olingan ish faolligi ko’rsatkichi; korxonada iqtisodiy 
o’sishga, korxonani bir hil darajada rivojlanishiga olib keluvchi, mahsulotni ishlab chiqarish 
rejalarini bajarilishiga imkon beruvchi, sotishni ko’lamini oshirishga olib keluvchi muhim 
dastak sifatida qaraladi.
66F
66
Muallif tomonidan (E.Akramov) korxona ish faolligini quyidagi bog’lanishi keltiriladi. 
Korxona foydasini dinamik indeksi>Mahsulotni sotish hajmini dinamik 
indeksi>Korxona mulkining dinamik indeksi.
67F
67
Bu qoida xalqaro amaliyotda «Korxona iqtisodini oltin qoidasi»deb yuritiladi. 
Firma va kompaniyalar ish aktivligini muallif tomonidan quyidagi ko’rsatkichlar tizimi 
orqali o’rganish tavsiya etiladi.
 
65
M.Q.Pardaev, B.Isroilov «Moliyaviy tahlil» (uslubiy ko’rgazmalar va tavsiyalar albomi).T.; Iqtisodiyot va xuquq dunyosi,1999 y., 245-
bet 
66
E.Akramov Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya.T.;TGEU.2000g. str-91 
67
E.Akramov Analiz finansovogo sostoyaniya predpriyatiya.T.;TGEU.2000g. str-91 


75
5.1-jadval 

Yüklə 375,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin