6.2. Firma va kompaniyalarda, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy tahlil Firma va kompaniyalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta
ishlangan biznes rejaga va investitsion loyihalarga e’tiborish berish lozim. Lekin ungacha
albatta, ushbu firma yoki kompaniyaning, moliyaviy ahvoli o’rganilishi lozim. Kredit
resurslarini jalb etishning turli risklarini ham ta’kidlab o’tish lozim deb o’ylaymiz. Masala.
Bir necha yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonaning moliyaviy holatini tahlil etishning
axborot manbayiga egamiz va uning kreditni jalb etish bayonnomasini tuzishda unga tayanish
mumkin. Lekin yangi tashkil topgan korxona yoki faoliyatini endigina yo’lga qo’ygan
korxonaning moliyaviy hisobotlari tuzilmagan xollarda, uning moliyaviy ahvolini qanday
baholash mumkin. Shu va shu kabi savollarga ushbu mavzuda albatta to’lib javob berishga
harakat qilamiz. Birinchidan; endigina faoliyat boshlagan yoki ro’yxatga olingan
korxonaning,albatta, ustav kapitali shakllanganligiga ahamiyat beriladi. Ustav kapitalining
darajasi va uning biznesni yo’lga qo’yishdagi, tarmoq bo’yicha o’rtacha darajaga nisbatan
holatini baholash orqali ham fikr yuritish mumkin. Shuningdek, garov, kafillik shartlari
asosida ham kredit shartnomasini rasmiylashtirish mumkin.
Kredit arizasi bergan firma yoki kompaniyaning moliyaviy tahlilida muhim
ko’rsatkichlar sifatida birinchi navbatda uning to’lov layoqati, qoplov koeffitsenti baholanadi.
Bu koeffitsentlar asosida firma va kompaniyaning, choraklar va yillar bo’yicha to’lovga
qobillik darajasi, o’zining muddatli majburiyatlarini to’lashga qobilligi baholanadi.
Firma va kompaniyalarning tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning
to’lovga qobilligiga balki uning mablag’larining harakatchanlik (likvidlilik) darajasiga ham
bog’liq. Shu sababli tahlil etishda buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida firma va
kompaniyalarning harakatchan mablag’larini holatiga, tez va sekin pulga aylanuvchi
aktivlarga, nolikvid mablag’lar holatiga, ularning to’lov muddati kelgan, qisqa va uzoq
muddati majburiyatlarga nisbatiga, doimiy passivlarni nolikvid va likvid mablag’larni
manbalashdagi holatiga baho berish talab etiladi.
So’ngi paytlarda olingan kredit resurslarining o’z vaqtida va qaytmaslik hollariga
krediti institutlari tomonidan ko’p duch kelinmoqda. Shu sababli firma va kompaniyalarning
kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida quyidagi qo’shimcha tarzda
quyidagi mavzularni o’rganish tavsiya etiladi;
firma va kompaniyalarning rentabellik darajasi;
aylanma mabalag’larning holati;
o’z mablag’larini hajmi, ularning asosiy va oborot kapitalidagi ishtiroki;
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o’sish templariga;
to’lov muddati keligan va o’tib ketgan debitorlik va kreditorlik
majburiyatlarining holatiga;
firma va kompaniyalarning pul va qimmatli qog’ozlarining mavjudligiga va
boshqa jihatlarga ahamiyat beriladi.