TASHKILIY HUJJATLAR Reja: 1.Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha va ularga oid hujjatlar
2.Farmoyish hujjatlar
3.Xizmat bilan bog`liq hujjatlar
Hujjatlarga qo’yiladigan talablar:
1.Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas, chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo’lgani uchun jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo qiladi.
Hujjatlarni tuzishda, avvalo zaruriy (tarkibiy) qismlar, ya’ni rekvizitlarga e’tibor berish, unga rioya qilish shart. Qismlarning majmuasi qoidalar (formulalar) deyiladi. Hujjatlar turli-tuman bo’lgani uchun ham zaruriy (rekvizit) qismlarida farqli jihatlar mavjud. Qismlar tartibli ravishda ketma-ket o’rin oladi. Bu ketma-ketlik qat’iylik xarakteriga ega. Formular -qoidalar talabi xuddi shu ketma-ketlikka rioya qilishdan iborat. Ayrim hujjatlarning zaruriy qismlari qonun chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan meyoriy hujjatlarda qayd qilingan, belgilab berilgan bo’ladi. Masalan: pasport, shaxsiy varaqa (so’rovnoma, rezyume) va h.k. Hujjatlarda u yoki bu qismning aks etmasligi uning huquqiy kuchini yo’qotishga olib keladi.
Zaruriy qismlar to’g’ri, aniq ifodalangan bo’lishi hujjatlarga qo’yiladigan talablarning asosini tashkil qiladi.
Hujjatlarni tayyorlashda qog’ozlarning shakli, o’lchami ham ahamiyatga ega. Ish qog’ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o’ng va past tomonida 8-10mm bo’sh joylar bo’lishi kerak.
Bosma ish qog’ozlari 2 ta turga bo’linadi.
1)Umumiy blanka, 2) Xat blankasi.
Umumiy blanka-bosma ish qog’ozining farqi shundaki, unda “tashkilot nomi”dan keyin aloqa bo’linmasining ko’rsatgichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo’lmaydi.
Rasmiy xizmat blanklari - firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog’ozlari hisoblanadi.
Hujjat matnlari mazmunan lo’nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo’lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo’linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.
Tijorat yozishmalari Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.
0‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq, belgilangan