2. O’qituvchining nutq texnikasi
Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo’lib, u insonning kundalik oddiy salomaligidan tortibkimga nimani, qachon, qayerda va qanday so’zlashigacha bo’lgan barcha nutqiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni egallash yo’llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Sharoitga qarb nutq turli xilda namoyon bo’ladi. U ba’zan istak-tilak, ba’zan chaqiriq-murojaat, ba’zan esa inson quvonchi yoki ruhiy iztirobi shaklida ifodalanadi.Nutq ichki va tashqi ko’rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o’z ichida gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o’z-o’ziga qaratilgan nutq sanaladi va uni nazorat qilib bo’lmaydi. Sharoitga qarb nutq turli xilda namoyon bo’ladi. U ba’zan istak-tilak, ba’zan chaqiriq-murojaat, ba’zan esa inson quvonchi yoki ruhiy iztirobi shaklida ifodalanadi.Nutq ichki va tashqi ko’rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o’z ichida gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o’z-o’ziga qaratilgan nutq sanaladi va uni nazorat qilib bo’lmaydi.
O'ZBEK TILINING IZOHLI LUG'ATIDA SOHAGA OID TERMINLARNING BERILISHI
Reja:
1. Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
TERMIN (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, Termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, his tuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar Terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika tilshunoslikda qoʻllanadigan «funksiya» soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha Termin ining ikkinchi soha Termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir Terminlar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha Termin lari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.Hoz. kunda «Termin» soʻzi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular «Termin» soʻzining hoz. maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. «Atama» soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. «Istiloh» soʻzini esa Termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qoʻllash mumkin. Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘nd alang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q. Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi. Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish ham juda dolzarbdir. Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi.
Dostları ilə paylaş: |