Mavzu: Mutaxassislikka oid terminlar



Yüklə 97,42 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü97,42 Kb.
#181430
TermiMutaxasislikga oid terminlar

Mavzu:Mutaxassislikka oid terminlar

Bajardi:Yaxshiboyeva Mahliyo

Tekshirdi:


Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
MUTAХАSSISLIKKA ОID SO‘Z VA TERMINLAR
Terminlarning umumiste'moldagi so`zlardan farqlanadigan o`ziga xos xususiyatlari
Reja
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan, leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun, ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda
“Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan.
“Termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.
Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kyengayishi, sobiq , jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi
Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi. Boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari, boshqa sohalarda bo‘lganidek, iqtisodiyotda ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi, iqtisodiyotni o‘rgana boshlashga yo‘l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda hayotimizning asosini tashkil etgan tom ma’nodagi iqtisodiyot ro‘yobga chiqdi
E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Yüklə 97,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin