Tarbiyaningtizimliligi tarbiyaviy jarayonda umumiylkni tashkil etadi, chunki tarbiyaviy jarayоnlar bir nechta tizimlarning turli xususiyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar — bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jarayonni tizimli ravishda ko'rib chiqish, tizim va jarayonning to’zilmaviy xususiyatlarini shuningdek, ular o'rtasidagi funksional aloqalaraing ajratib ko'rsatilishini ifodalaydi. O'qituvchi uchun har bir tarbiyaviy uslubning o'ziga xos xususiyatini, mohiyatini, buning boshqasiga ta'siri natijasida o'zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,tarbiyalashmaqsadiuningmazmuninibelgilabberadi,tarbiyako'rganlikdarajasiesatarbiyalash usullarini tanlashga ta 'sir ko 'rsatadi va hokazo. Pedagogik jarayonda tarbiyaning davriylik tuzilishi — bu tarbiya texnologiyalarining asosiy xususiyatlariga muvofiq bo'lgan, uning tarkibiy qismlari yig'indisidir. O'qituvchi buning natijasida tarbiyaning davriylik to’zilmasini belgilab olishi mumkin:
Maqsadni belgilash — tarbiyalashdan kelib chiqadigan maqsadlarni ma'lum bir muddatli jarayonlarga bo'lib chiqishi.
Mazmunni tanlash — tarbiyalash mazmunini jamiyat talablari darajasida mustaqil ishlab chiqishi.
Demokratik faoliyatli — tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarini tarbiyalashda
va o'zaro munosabatda erkin fikrlilik va umuminsoniylik me'yorlariga rioya qilish qonuniyatlari.
Baholash — tarbiyalash jarayonida erishilgan natijalar samaradorligining o'qituvchi tomonidan baholanib borishi va doimiy tahlil qilinishi.
Pedagogik faoliyat ham o'qituvchi tomonidan tarbiyaviy jarayonning to’zilmasiga muvofiq quriladi: faoliyatning maqsadlari, mazmuni, usullari va turlari ishlab chiqiladi va natijalari tahlil qilinadi. Tarbiyalash maqsadlarini aniqlash pedagogik aniqlashni (diagnostika) — tarbiyaviy jarayon holati, birinchi navbatda, o'quvchilarning tarbiya ko'rganliklarini, shuningdek, jarayonning boshqa shartlarini o'rganishni talab etadi.
Tarbiyaviy jarayon bosqichlarining o'zaro munosabatida tarbiyaviy jarayonlarning ketma-ketligi uning davriyligini va qaytarilib turishini belgilaydi. Shaxs nvojlanishida tarbiyaviy maqsadlar o'qituvchi tomonidan uning yoshiga qarab belgilanadi va rejalashtiriladi. Tarbiyaviy jarayonning davriyligi shaxsning yosh xususiyatlarini hisobga oladi. Bunda asosiy e'tibor quyidagi faoliyatga qaratilishi kerak:
shaxsning muayyan bir yoshiga xos bo'lgan anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarning chuqur o'rganilishi;
muayyan bir yoshga xos bo'lgan tarbiyalanganlikning doimo aniqlanib (diagnostika), loyihalashtirilib borilishi;
ijobiy natijalar beradigan tarbiyaviy o'zaro ta'sirning o'qituvchi tomonidan turli shakl va metodlari darajalarining belgilanib (diagnostika) amalga oshirilishi.