Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining
asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
-
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning
uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion
rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan
strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
-
davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish
va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini
oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy
etish;
-
hududlar
ijtimoiy-iqtisodiy
salohiyatining barqaror o‘sishi,
shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur
sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini
rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
-
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini
ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
-
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning
ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda
rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi
uchun qulay sharoitlar yaratish;
-
mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli
yutuqlarini targ‘ib qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu
jumladan
ilmiy-eksperimental
ixtisoslashtirilgan
laboratoriyalar,
yuqori
texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan
tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash;
-
tabiatni
muhofaza
qilish,
resurs
va
energiya
tejaydigan
texnologiyalarni, jumladan, muqobil energiya manbalarini, suvni tozalash va
chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllarini keng
qo‘llash orqali faol joriy etish;
-
sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va
profilaktika qilish, o‘z vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or
texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni
yaratish;
-
agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni,
shu jumladan ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi qishloq xo‘jaligi
ekinlarining yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish;
-
iqtisodiyotning
real
sektori
tarmoqlarini
har
tomonlama
rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va
boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish;
-
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar
bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar
(ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali
hamkorlikni kengaytirish.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash
uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni
aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z
ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik
tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash lozimki,ishlab chiqarish tarmoqlarida
innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mamlakatni yanada rivojlanishi uchun
muhim bir pog`onalardan biri bo`lib, xizmat qilishi mumkin. Ba`zi bir tajribalardan
ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko`p jihatdan innovatsion
faoliyat bilan bog`liq hisoblanadi. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab
chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga
oshadi. Shu sababdan bugungi kunda innovatsiyalar har bir rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyotini muhim tarkibiy qismiga aylangan.
Yana shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatda innovatsion texnologiyalarni joriy
etish orqali hozirda eng dolzarb muammolardan biri bo`lgan ishsizlar sonining ham
qisman bo`lsa-da oldi olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish Vazirligining
tashkil etilish to`g`risidagi president qarori.(O`zbekiston Milliy Axborot
Agentligi 2017)
2. iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish
mexanizmlarini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari.
3. https://fayllar.org/1-innovatsion-faoliyatning-asosiy-korinishlari.html.