Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona
davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga,
aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar mavjudligi
va ushbu mavjud muammolarga nazar tashlaydigan bo`lsak masalan:
Birinchidan, oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining
pastligi hamda qoniqarsizligi;
Ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va
tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks
dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
Uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga,
jumladan ularning manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
To‘rtinchidan, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni
taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha
ta’sirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
Beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida
xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi
omillar sabab bo‘lmoqda.