O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-
3365-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot
muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish
manbalari etib, tegishli qismlarda, boshqa manbalar bilan bir qatorda Innovatsion
rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari
belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun o’zida fanning turli sohalarini qamrab olgan, ilmiy
yondoshuvni talab qiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik vazifa
sifatida qo’yilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan milliy innovatsion
tizimi iqtisodiy o’sishni yuqori sur’atlarga ko’tarayotganligini ularning bugungi
iqtisodiy-ijtimoiy ko’rsatkichlarida yaqqol o’z ifodasini topayotganligini
ko’rishimiz mumkin. Fanning xalq xo’jaligi va texnika taraqqiyotini
jadallashtirishga ta’siri kuchayib, innovatsiya imkoniyatlari kengaymoqda. Bu fan
va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish darajasining, tadqiqotlar va
ishlanmalar hajmining yildan-yilga oshib borayotganida ham namoyon bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |