asosida an’anaviy ko’rinish olgan innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va
loyihalar Respublika ko’rgazmasi tadqiqotlar natijalarini hayotga tatbiq
etish, fan va sanoatning uzviy aloqalarini yo’lga qo’yishda muhim omil bo’lib
xizmat qilmoqda
Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi
iqtisodiyotda intelektual mahsulot axborot va ilmiy-texnik , innovatsion faoliyat
ulushining o`sishi shunga olib keldi-ki, innovatsiyalar huddi foydali qazilmalar,
ishlab chiqarish quvvatlari va intelluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi
hisoblana boshladi. “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan
investorlar uchun hududlr va tarmoqlar bo’yicha investitsiya loyihalarini puxta
shakllantira olsak, bu masalada ijobiy va yuqori natijaga erishishimiz mumkin.
Bu borada avvalambor, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida
biznes sub’ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni
tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim bo`ladi.
Fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar
natijasida, davlat ilmiy-texnika dasturlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining
eng dolzarb masalalarini yechishga yo`naltirish, ilmiy-texnika loyihalarini
ekspertizadan o`tkazishni boshqa davlatlarda mavjud bo`lmagan - ochiq
muhokama tarzida o`tkazish, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini
manfaatdor korxonalarning mablag`larini jalb qilgan holda moliyalashtirish kabi
mexanizmlar joriy qilindi. Hozirgi kunda uzoq muddatli (5 yilgacha), yangi
bilimlarni shakllantirishga yo`naltirilgan fundamental tadqiqotlar, o`rta muddatli
(3 yilgacha) amaliy tadqiqotlar hamda qisqa muddatli (2 yilgacha) innovatsion
ishlanmalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari tanlovlar asosida shakllantirilmoqda.
Eng muhimi, “fundamental tadqiqotlar” - “amaliy tadqiqotlar” - “innovatsiya
ishlari” zanjiri bo`yicha mujassamlik darajasini ta'minlaydigan mexanizm ishlab
chiqilib, undan samarali foydalanish yo`lga qo`yilmoqda.
Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion
g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari
va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida,
shuningdek,
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish
va turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal
rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.
Boshqacha qilib aytganda, biz O‘zbekistonni ishlab chiqarishda innovatsiya va
intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor
iqtisodiyotiga,
zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, qolaversa, qulay
investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga
aylantirish ko`zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: