Xavfsizlik xizmati ma’muri – xavfsizlikni ta’minlashning bir yoki bir necha
tizimi hamda loyihalashni nazoratlash va ulardan foydalanish xususida to’liq
tasavvurga ega shaxs (yoki shaxslar guruhi).
Xavfsizlikni aktiv testlash – nishon bilan to’g’ridan – to’g’ri o’zaro aloqaga
mo’ljallangan xavfsizlikni testlash, masalan, talab qilingan nishongacha paketni
yuborish.
Xavfsizlikning avtomatlashtirilgan domeni - asboblar, texnologiyalar
guruhini hamda ma’lumotlarni o’z ichiga olgan axborot xavfsizligi sohasi.
Xeshlash algoritmi – kriptografiyada kriptografik xesh-funksiyani amalga
oshiruvchi algoritm. Matematika va dasturlashda – odatda, satr uzunligini
kamaytiruvchi simvollar satrini o’zgartiruvchi algoritm. Chiqish yo’li satrining har
bir simvolining qiymati kirish yo’li simvollarining katta soniga (idealda – barchasiga)
murakkab tarzda bog’liq. Odatda xeshlash algoritmi ixtiyoriy uzunlikdagi satrni
belgilangan uzunlikdagi satrga o’zgartiradi.
Xodim xavfsizligi – qandaydir jiddiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga
ega barcha xodimlarning kerakli avtorizatsiyaga va barcha kerakli ruxsatnomalarga
egalik kafolatini ta’minlovchi usul.
Yolg’on axborot – xarakteristikalari va alomatlari noto’g’ri akslantiriluvchi
hamda real mavjud bo’lmagan obyekt xususidagi axborot.
Zombi - tizimda o’rnatilgan, boshqa tizimlarga hujum qilishga majbur
qiluvchi dastur.
301
MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………
3
1. KIBERXAVFSIZLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARI ………… 6
1.1. Konfidensiallik, yaxlitlik va foydalanuvchanlik tushunchalari .…………
6
1.2. Kiberxavfsizlikda inson omili …..……………………………………….