3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
shaxsiyxaraktergaegabo‘lganmajburiyatlarvashaxsiyxarakter-gaegabo‘lmaganmajburiyatlar.Ba’zi majburiyatlar huquqiy munosabat- larda qatnashuvchilarning har qaysi yoki birining shaxsi bilan qat’iy bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega majburiyatlar- ning bajarilishini, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartibi bel- gilangan bo‘lmasa, boshqa shaxsga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin emas. Masalan, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan vujudga kelgan aliment majburiyati shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan majburiyat hisoblanadi. Bunday majburiyat qarzdor (aliment to‘lovchi) yoki kreditor (aliment oluvchi) vafot etishi bilan bekor bo‘ladi.
Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan bajarilishi ahamiyatga ega emas. Masalan, qarz shartnomasi bo‘yicha majburiyat (qarz summasi) fuqaro G. tomonidan yoki uning uchun fuqaro
B. tomonidan ham bajarilishi (to‘lanishi) mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo‘lmagan majburiyatlar bo‘yicha kreditor ham, qarzdor
ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday majbu- riyatlar bo‘yicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi majburiyatning bekor qilinishi uchun asos bo‘lmaydi.
Fuqarolik huquqida majburiyatlarning bajarilishi o‘ta muhim ahamiyat- ga ega. Majburiyatning bajarilishidan nafaqat kreditor, balki davlat va jamiyat ham manfaatdordir. Chunki, fuqarolik huquqining subyektlari tomonidan olingan majburiyatlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi tadbirkorlik faoliyatini va ishlab chiqarishni rivojlantirishda, turli mulk shakllarini huquqiy himoyalashda, jamiyatning tobora o‘sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishda o‘ta muhim hisoblanadi.
Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanishi tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish yoki muayyan harakatlardan tiyilish va hokazolardan iborat.
Majburiyatlar qonun hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan bo‘lsa, ularda ko‘rsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak. Agar qonun hujjatlarida majburiyatlarni bajarish sharti ko‘rsatilmagan bo‘lsa, majburiyatlar o‘zaro kelishilgan talablarga muvofiq bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon o‘zaro foydali manfaatni va jamiyat rivojini ko‘zlab, tejamkorlik bilan va o‘zaro hamkorlikda zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi.
Majburiyatlarni bajarish prinsiplari, asosan, tegishli darajada, keli- shilgan va maqbul usulda bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun, aniq, tejamkorlik va o‘zaro hamkorlikda bajarish kabilardan iborat bo‘ladi.
Majburiyatlarnitegishlidarajadabajarishprinsipideganda,majburiyatlar qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradigan darajada, bekami-ko‘st va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Bunda huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslarning o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarilishi uchun bab-baravar manfaatdor bo‘lishlari va bir-birlariga ko‘maklashishlari shart. Majburiyatlarning tegishli ravishda bajarilishi jamiyat manfaatlari hamda uning tobora o‘sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini kondirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Majburiyatlarni tegishli ravishda bajarish ularni qonun hujjatlari, shartnoma shartlari, ish muomalasi tartibi va qo‘yiladigan talablarga muvofiq ravishda shartnoma predmeti sifati, miqdori, hajmi bo‘yicha o‘z vaqtida bajarilishini anglatadi.
Bozor munosabatlari tizimida majburiyatlarni tegishli ravishda bajarilishi- dan nafaqat majburiyat o‘z foydasiga bajarilayotgan subyekt, balki pirovard natijada jamiyatning har bir a’zosi manfaatdor bo‘ladi. Chunki barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgani sababli qaysidir subyekt tomonidan o‘z majburiyatini lozim darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi ular bevosita kreditor sifatida qatnashmasalar-da, salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Majburiyatlar bajarilishining yana bir prinsipi – majburiyatlarningkelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishi. Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa va qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lish kerak (FK 238-m.). Ushbu prinsip mazmuniga ko‘ra, majburiyat- larni real (asl holicha) bajarilishi, uning bajarilishida tejamli usullardan foydalanish, majburiyat bajarilishida taraflarning hamkorlik qilish haqidagi qoidalarni anglatadi. Bu qoidalarni ham shartli ravishda, garchi qonunda bevosita sanab o‘tilmagan bo‘lsa-da, majburiyatlarni bajarish prinsiplari safiga qo‘shish mumkin.