Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə43/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

ijobiy va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat yuza- sidan qarzdor muayyan harakatni qilishga burchli bo‘lib, kreditor aynan shu harakatning qilinishini talab qilishga haqli bo‘lsa, bunday majburiyat ijobiy mazmunli majburiyat, deb ataladi. Huquqiy munosabatning ko‘pchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi. Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli majburiyatlardir.

Agar majburiyat yuzasidan qarzdor muayyan harakatni qilishdan saqlanishga burchli, kreditor esa qarzdordan muayyan harakatni qilish- dan saqlanishni talab etish huquqiga ega bo‘lsa, bunday majburiyat salbiy mazmunli majburiyat deb ataladi. Masalan, nashriyot shartnomasi bo‘yicha muallif shartnoma kuchda bo‘lgan davrda o‘z asarini boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish majburiyatini olsa, nashriyot mual- lifning boshqa nashriyot bilan shartnoma tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi.

      1. bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Agar majburiyatda qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari), ikkinchi tomonda esa faqat majburiyat (majburiyatlar) bo‘lsa, bunday majburiyatlarga bir tomonlama majburiyatlar deb aytiladi. Bunga misol qilib, qarz shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Qarz shartnomasi bo‘yicha qarz bergan shaxs uning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, qarzdor o‘z zimmasidagi qarzini qaytarishga majburdir.

Agar huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq, ham majburiyatga ega bo‘lsa, bunday majburiyat ikki tomonlama majburiyat hisoblanadi. Ikki tomonlama majburiyatga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, oldi- sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani topshirish majburiyati bo‘lsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha haq to‘lash majburiyati bo‘ladi. Aksariyat majburiyat munosabatlarida ikki tomon- lama majburiyatlar vujudga keladi;

      1. muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil majburiyat. Agar huquqiy munosabat bo‘yicha kreditor qarzdordan muayyan bir harakat qilinishini, masalan, ma’lum ishning bajarilishi, biron-bir ashyo- ning topshirilishi yoki ma’lum summa pul to‘lanishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, bunday majburiyat muayyan harakatni bajarishga qaratilgan majburiyat deb ataladi. Agar huquqiy munosabatda kreditorning talabi bo‘yicha qarzdor bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur bo‘lsa,

bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi. Muqobil majburiyat bo‘yicha huquqiy munosabatda bir necha harakat ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat birgina majburiyati va kreditorning shu majburiyatning bajarilishini talab qilishga bo‘lgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy munosabatda nazarda tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro etilgan hisoblanadi. Muqobil majburiyat- ning bajarilishi to‘g‘risidagi qoida Fuqarolik kodeksining 250-moddasida berilgan. Mazkur moddada ko‘rsatilishicha, agar qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini qilish yoxud kreditorga bir yoki boshqa mol- mulkni topshirishi lozim bo‘lsa, basharti qonun hujjatlari, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida bo‘ladi. Chunonchi: sotilgan ashyoning sifati lozim darajada bo‘lmaganda, sotib oluvchi o‘z xohishi bilan ana shu ashyo- ni boshqa sifatli ashyoga almashtirish yoki xarid bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi mavjud kamchiliklarni haq olmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun qilgan xarajatlarini to‘lashni, yoki shartnomani bekor qilib, o‘ziga yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishga haqli bo‘ladi, deb ko‘rsatiladi. Bu qoidaga ko‘ra qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya’ni sotib oluvchi- ga beriladi.


      1. Yüklə 5,47 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin