Respublikasi ichki


Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə51/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish majburiyatning bajarilishi- ni ta’minlash bo‘yicha amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida mavjud bo‘lgan alohida yangi usullardan hisoblanadi.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlovchi usul sifatida ushlab qolishning ahamiyati shundan iboratki, ushbu usul bo‘yicha qarzdorga yoki qarzdor ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog‘liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to‘lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab turishga haqli (FK 290-m. 1-q.).
Ushlab qolish huquqining vujudga kelishiga shartnoma majburiyati- ning buzilishi asos hisoblanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuv- chi tovarni topshirishdan oldin sotib oluvchi uning haqini to‘liq yoki qisman to‘lash (oldindan haq to‘lash) majburiyati nazarda tutilgan hol- larda sotib oluvchi tovar haqini shartnomada nazarda tutilgan muddatda to‘lamasa, sotuvchi (mahsulot yetkazib beruvchi) tovar haqini oldindan to‘lanmaguncha tovarni yetkazib berishni ushlab turishga haqli (FK 420-m.). Pudrat shartnomasining bajarilishi munosabati bilan buyurtma-
chi pudratchiga belgilangan tegishli haqini yoki boshqa summani to‘lash majburiyatini bajarmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tegishli summa to‘langunga qadar pudratchi ishning natijalarini, shuningdek, pudratchiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan material qoldig‘i va pudrat- chining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni ushlab qolish huquqiga ega (FK 639-m.).
Ushlab qolish majburiyat bajarilishini ta’minlovchi usul sifatida garov bilan ko‘pgina o‘xshash tomonlari mavjud. Bu ularning bir biriga o‘xshash vazifalarni bajarishidan kelib chiqadi: ushlab qolish ham, garov ham majburiyatning bajarilishini ta’minlovchi usullardan iborat. Shuningdek, ushlab qolishda ham, garovda ham kreditorning talab qilish huquqi ushlab turilgan mol-mulk hisobidan qanoatlantiriladi. Bunday qanoatlantirishda ushlab qolish huquqiga ega bo‘lgan shaxs va garov oluvchi kreditor sifatida deyarli bir xil huquqlardan foydalanadi. Mol- mulkni ushlab turuvchi kreditorning huquqi ham, garovga oluvchining huquqi kabi yagona huquqiy asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shuning bilan birga ushlab qolish o‘zining vujudga kelish asoslari, payti, shuningdek, qo‘llanish xususiyatlari bilan garovdan farq qiladi. Mol-mulkni garovga qo‘yish taraflarning maxsus shartnomasi (alohida shartnoma yoki asosiy majburiyat bo‘yicha tuzilgan shartnoma) bilan asosiy majburiyat vujudga kelish paytida qo‘llaniladi, ushlab qolish ilgaridan qo‘llanilmaydi, u shartnomada nazarda tutilgan yoki tutilmagan bo‘lishidan qat’i nazar majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi hollarda qo‘llanishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida qarzdorning mulkini ushlab qolish huquqi kreditorga garovga o‘xshab shartnoma majburiyati bilan emas, balki qonun hujjatiga muvofiq beriladi. Masalan, FK 715-moddasi 4-qismiga muvofiq, tashuvchi tashish uchun topshiril- gan yuklarni o‘ziga tegishli kira haqini va tashish bo‘yicha boshqa to‘lovlarni ta’minlash maqsadida ushlab turish huquqiga ega.
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida kafillikning ahamiyati shundan iboratki, majburiyat qarzdor tomonidan bajarilmasa yoki lozim darajada bajarilmasa, kafillik shartnomasi bo‘yicha kreditor o‘z talablarini kafil oldida qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kreditorda uning talablarining bajarilishini haqiqatda ro‘yobga chiqarili- shiga ham ishonch yaratadi.
FK 292-moddasi 1-qismiga asosan, kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa bir shaxs, ya’ni qarzdor o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarish uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi. Kafillik huquqiy munosabat sifatida asosiy majburiyat bo‘yicha kreditor bilan qarzdor tomonidan qatnashuvchi kafil o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra vujudga keladi. Shu bilan birga qarzdorning majburiyati bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan kafil bilan qarzdor o‘rtasidagi aloqa turlicha bo‘lishi mumkin. Bu alohida tuzilgan shartnomadan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday aloqa huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Kafillik shartnomasi uchun qarzdor bilan kafil o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga asoslangan kelishuvning sabablari ahamiyat kasb etmaydi. Kafillik bo‘yicha huquq va majburiyat- larning vujudga kelishi uchun qarzdorning kreditori bilan kafil o‘rtasida tuzilgan shartnoma hal qiluvchi ahamiyatga ega. Lekin kreditor uchun kafillik majburiyatini kim tomonidan o‘z zimmasiga olishi va uning to‘lov imkoniyatlari qanday holatda ekanligi ahamiyatsiz emas. Bu esa ishonchga sazovor bo‘lmagan shaxs bilan kafillik shartnomasini tuzish-
dan bosh tortish uchun asos bo‘lishiga olib kelishi tabiiy.
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan yana biri bu kafolat hisoblanadi. Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kre- ditori (benifitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi (FK 299-m.). FK 22-bobining 5-paragrafi «Kafolat» deb nomlanadi. Ushbu paragrafning 299-310-moddalari kafolat bilan bog‘liq huquqiy munosabat-
larni tartibga solgan.
Kafolatning xususiyatlaridan biri shundaki, bunda har doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sug‘urta tashkiloti kafil bo‘lib qatnashadi.
Ko‘p hollarda kafil prinsipalga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hisob- lanadi. Shu sababli, kafil prinsipalning bankda saqlanayotgan pul mab- lag‘lari hisobidan uning kreditorlari oldidagi majburiyatni bajaradi.
Kafolatning asosiy mohiyati u prinsipalning benifitsiar oldidagi o‘z majburiyatini (asosiy majburiyatni) lozim darajada bajarilishini ta’minlaydi.
Kafolat haq baravariga tuziladi. Kafolat bergan bank (kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti)ga prinsipal tegishli miqdorda haq to‘laydi.
Kafolat bo‘yicha benifitsiarga tegishli bo‘lgan kafilga talab qo‘yish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bosh- qa shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kafil benifitsiarning talabini olganidan so‘ng bu haqda darhol prinsipalni xabardor qilishi va unga talabning nusxasini barcha tegishli hujjatlar bilan topshirishi kerak.
Kafil benetsifiarning talabini unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga kafolatda ko‘rsatilgan muddatda ko‘rib chiqishi, muddat ko‘rsatilma- ganda esa – mutanosib muddatda bu talab hamda unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun oqilona jonkuyarlik ko‘rsatishi kerak (FK 306-m.).
Kafilning kafolat bo‘yicha benifitsiar oldidagi majburiyati quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:

  • kafolat berilgan summa benifitsiarga to‘lanishi;

  • kafolatda belgilangan muddat tamom bo‘lishi;

  • benifitsiar kafolat bo‘yicha o‘z huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga qaytarib berish oqibatida;

  • benifitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilishi haqida yozma ariza berish yo‘li bilan kafolat bo‘yicha o‘z huquqlaridan voz kechishi oqibatida (FK 309-m.).

Kafilning prinsipaldan kafolat bo‘yicha benefitsiarga to‘langan sum- malarni regress tartibida to‘lashni talab qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat berilgan kelishuvida belgilab qo‘yiladi. Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil benifisiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning benifitsiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun to‘langan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga haqli emas (FK 310-m.).
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlovchi usullardan biri sifatida zakalat ham o‘ziga xos ba’zi xususiyatlarga ega.
Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnomaning tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan pul summasi zakalat deb ataladi.
FK 311-moddasiga asosan, zakalat to‘g‘risidagi kelishuv zakalatning summasidan qat’i nazar yozma ravishda tuzilishi kerak.
Zakalat, asosan, quyidagi 3 ta vazifani bajaradi:
birinchidan, berilgan zakalat summasi shartnomaning haqiqatdan ham tuzilganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi;
ikkinchidan, zakalat – shartnoma bo‘yicha avvaldan to‘lanadigan pul summasi bo‘lib, tegishli to‘lovlar hisobiga muayyan summani to‘lagan taraf shartnomani qisman ijro etgan hisoblanadi. Zakalat oluvchi taraf uchun bu hol muayyan ahamiyatga ega. Chunonchi, biror-bir uy-joy ijaraga berilishidan avval uy-joy egasi turar joyni yashash uchun yaroqli holga keltirish maqsadida ta’mirlaydi va hokazo.
uchinchidan, zakalat shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning ijrosini ta’minlash uchun belgilanadi. Zakalatning mazkur vazifasi shundan iboratki, zakalat bergan taraf shartnoma yuzasidan olgan o‘z majburiyatlarini bajarmaganida bergan zakalat summasini yo‘qotadi.
Agar zakalat bergan taraf shartnoma tuzishdan voz kechsa, bu holda u bergan zakalat summasini qaytarib berilishini talab qila olmaydi. Agar zakalat olgan taraf o‘z majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga zakalat summasining ikki barobarini to‘lashga majbur bo‘ladi.
Agar zakalat summasi zarar summasidan bir muncha ko‘p bo‘lsa, u holda faqat zakalat undiriladi. Agar majburiyatni bajarmaslik natijasida ko‘rilgan zarar zakalat summasidan ko‘p bo‘lsa, u holda ham zakalat summasi, ham zararlarni qoplash uchun yetishmagan summa undiriladi.
Zakalat majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarda keng qo‘llani- lib kelinmoqda. Xususan, fuqarolar o‘rtasida oldi-sotdi, ijara kabi shart- nomalarni tuzishdan oldin, kelajakda shu shartnomani tuzishning garovi sifatida sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan sotuvchi yoki ijaraga beruvchiga yozma shaklda zakalat summasi berilishi mumkin.
Zakalat summasidan qat’i nazar yozma shaklda tuzilishi kerak. Fuqarolar o‘rtasida oddiy yozma shaklda tuziladigan zakalatga nisbatan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi shartlarga amal qilish ham mumkin.



    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin