3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Majburiyatlarningbekorbo‘lishi– bu huquqiy munosabatlar jarayonida qonunda ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda yoki shart- nomada nazarda tutilgan zaruriy natijalarga erishilganda muayyan majburiyat turi bo‘yicha bir tarafning talab qilish huquqi va unga muvofiq bo‘lgan ikkinchi tarafning majburiyati bekor bo‘lishi bilan bog‘liq holatdan iborat yakunlovchi bosqichdir. Asosiy majburiyatning bekor bo‘lishi bilan majburiyatni lozim darajada bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida xizmat qilishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha majburiyatlar ham bekor bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 340-352-modda- larida majburiyatlarning bekor bo‘lish asoslari ko‘rsatilgan.
Majburiyatlar bekor bo‘lishining alohida usullari sifatida quyidagi- larni aytish mumkin:
majburiyatning bajarilishi bilan bekor bo‘lishi. Majbu-riyatning bekor bo‘lishini asosiy va keng tarqalgan usullaridan biri uni lozim darajada bajarishdir (FK 341-m.);
majburiyatnibekorqilishusulisifatidavozkechishhaqi. Taraflarning kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish o‘rniga voz kechish haqini berish (pul to‘lash, mol-mulk berish va shu kabilar) bilan bekor qilinishi mumkin;
hisobgao‘tkazishyo‘libilanmajburiyatningbekorbo‘lishi. Muddati to‘lgan yoki muddati ko‘rsatilmagan yoxud talab qilish vaqti bilan belgilangan muqobil o‘xshash talab hisobga o‘tkazilishi bilan majburiyat to‘liq yoki qisman bekor bo‘ladi. Hisobga o‘tkazish uchun bir tarafning arizasi kifoya qiladi (FK 343-m.);
qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolganda majburiyatningbekor bo‘lishi. O‘zaro majburiyat-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bir yuridik shaxsning boshqasi tomonidan qo‘shib olish yoki ularni qo‘shib yuborish yo‘li bilan yuridik shaxslar qayta tashkil etil- ganda majburiyat bunday tarzda bekor bo‘lishi mumkin(FK 346-m). Fuqarolar o‘rtasida qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolganda majburiyatning bo‘lishi qarzdor vafot etgan kreditorning mol-mulkini meros qilib olgan hollarda sodir bo‘ladi;
majburiyat yangilanishi bilan, ya’ni taraflarning o‘z o‘rtalaridagidastlabki majburiyatini yangi majburiyat bilan almashti-rish haqidagikelishuvi natijasida bekor bo‘ladi. Turar joyni ijaraga olish shartnoma- sini aynan shu turar joy yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga yoki oldi-sotdi shartnomasidan vujudga kelgan qarzni qarz majburiyatiga almashtirilishi bunga misol bo‘la oladi;
qarzdan voz kechish orqali majburiyatning bekor bo‘lishi. Kredi- tor qarzdorni uning zimmasidagi majburiyatlardan ozod qilishi bilan, agar bu hol boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquq- larini buzmasa, majburiyat bekor bo‘ladi (FK 348-m.);
bajarilishi mumkin bo‘lmaganligi tufayli majburiyatning bekorbo‘lishi.Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmay qolsa, u bekor bo‘ladi. Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakat-lari tufayli bajarishi mumkin bo‘lmasa, kreditor o‘zining majburiyat bo‘yicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli emas (FK 349-m.);
majburiyatningdavlatorganihujjatiasosidabekorbo‘lishi.Tegishli majburiyatning bajarilishi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa yoki qonun tomonidan taqiqlangan bo‘lsa, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun ularda maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lma- gan hollarda davlat organlarining, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari va tegishli vakolatli davlat organlarining hujjatlari bilan bekor qilinishi mumkin;
fuqaroning vafot etishi bilan majburiyatning bekor bo‘lishi. Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo‘lmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi (FK 351-m. 1-q.). Masalan, badiiy asar yaratish bo‘yicha tuzilgan buyurtma
shartnomasi bo‘yicha majburiyat muallifning vafotidan keyin bekor bo‘ladi; topshiriq shartnomasi vakilning vafotidan keyin bekor bo‘ladi, chunki u shaxsiy xarakter kasb etadi;
yuridikshaxstugatilishibilanmajburiyatningbekorbo‘lishi.Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi, qonun hujjatlari bilan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan hollar bundan mustasno (FK 352-m.).
Majburiyatning bekor bo‘lish asoslari va usullari ko‘p sonli va turli xildir. Biz faqat amaliyotda ko‘proq uchrab turadiganlarini keltirdik.