3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Qarz shartnomasining obyekti pul yoki jismiy alomatlari bilan, ya’ni soni, og‘irligi yoki boshqa o‘lchovi bilan ifodalanadigan narsalardir.
Qarz shartnomasining subyektlari jismoniy shaxslar, yuridik shaxs- lar va davlat hisoblanadi. Jismoniy shaxslar, ya’ni 18 yoshga to‘lgan, aqli raso, muomala layoqatiga ega va o‘zining xatti-harakatlariga javob bera oladigan fuqarolar hamda FK 28-moddasiga asosan, 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan emansipatsiya qilingan shaxslar ham qarz shartnomasi bo‘yicha subyekt bo‘ladilar.
Qarz shartnomasini fuqarolar bilan yuridik shaxslar, fuqarolar bilan davlat, yuridik shaxslar bilan davlat hamda ushbu uchala subyektlar o‘zaro ham tuzishlari mumkin. Shunga ko‘ra, qarz shartnomasining subyektlari:
Bozor munosabatlarining takomillashib borishi qarz shartnomasi subyektlarining doirasini ham kengaytirib borishi tabiiy. Jumladan, yakka tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlarini ham bular qatoriga kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3413-sonli «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida, ichki ishlar organlarining yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj xodimlariga besh yildan oshmaydigan muddatga eng kam ish haqining ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish nazarda tutilgan. Ushbu qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart, chunki FK 733-moddasi talabiga ko‘ra, bir tomon yuridik shaxs bo‘lganda, qarz summasidan qat’i nazar, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak.
Amaldagi FKda qarzning, aniq maqsadli qarz (FK 739-m.), veksel (FK 740-m.), obligatsiya (FK 741-m.) va davlat zayomi shartnomasi (FK 743-m.) kabi turlari nazarda tutilgan.
Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablag‘lardan aniq maqsad- da foydalanishi sharti bilan tuzilgan bo‘lsa (aniq maqsadli qarz), qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanili- shini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlab berishi shart.
Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchi- dan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni to‘lashni talab qilishga haqli (FK 739-m.).
Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan bo‘lib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining (o‘tkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini to‘lash haqidagi hech qanday shart bilan bog‘lanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel bo‘yi- cha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi (FK 740-m.).
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qarz shartnomasi obligatsiyalar chiqarish va sotish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Obligatsiya qimmatli qog‘oz bo‘lib, uni saqlovchining obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda obligatsiya- ning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini olish huquqini
tasdiqlaydi. Obligatsiya uni saqlovchiga obligatsiyaning nominal qiymati- dan obligatsiyada qayd etilgan miqdorda foizlar olish huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni ham beradi (FK 741-m.).