Respublikasi ichki


Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqarilishi mumkin



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə93/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqarilishi mumkin:


respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obliga- tsiyalari;
korxonalarning obligatsiyalari;
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqari- lishi ham mumkin.
Davlat zayomi shartnomasi bo‘yicha davlat – qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs esa qarz beruvchi bo‘ladi. Davlat zayomlari ixtiyoriy- dir. Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablag‘larini yoki, zayom shartlariga bog‘liq holda, boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qog‘ozlarini qarz beruvchining sotib olishi yo‘li bilan tuziladi. Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini o‘zgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan Fuqarolik kodeksining 383-moddasida (Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish) nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, o‘zgartirishga yo‘l qo‘yil- maydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Davlat zayomi shartnomasi bo‘yicha davlat Fuqarolik kodeksining qoidalariga muvofiq javobgar bo‘ladi (FK 743-m.).
Ta’kidlanganidek, davlat zayomlari ixtiyoriydir. Lekin davlat zayom- larini hukumat nomidan tegishli yuridik shaxslar chiqarishi mumkin. Davlat zayomlaridan asosan ichki pul emissiyasini kamaytirish, ya’ni qog‘oz pullar emissiyasini ko‘paytirmagan holda fuqarolar va yuridik shaxslarning mablag‘laridan davlat ehtiyojlari uchun keng maqsadlarda foydalanadilar.
Qarz shartnomasi bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari haqida gapirganda, avvalo Fuqarolik kodeksi va tegishli qonun hujjatlari- ni aytish mumkin. Bularda qarz shartnomasi taraflarining asosiy huquq va majburiyatlari nazarda tutilgan. Biroq, har bir qarz shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida shartnoma shartlarida belgilanadi. Mazkur shartlar esa, tomonlar uchun
qonun darajasidagi huquq va majburiyatlarga aylanadi. Bu majburiyat- larni bajarmaslik shartnoma shartlarini buzish hisoblanadi hamda qonun va shu shartnomada belgilangan fuqarolik-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Quyida Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qarz shartnomasi taraflarining asosiy huquq va majburiyatlari haqida fikr yuritamiz va bunda qarz shartnomasi bir tomonlama shartnoma ekanligini yodda tutamiz.
Qarz beruvchi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

  • berilgan qarzni qaytarish muddati kelgan vaqtda, qarz oluvchidan qarzni tezda qaytarilishini talab qilish;

  • agar qarz oluvchiga aniq maqsadli qarz berilgan bo‘lsa, shu qarzning qanday tarzda ishlatilishini nazorat qilish;

  • agar shartnomada qarz uchun foizlar belgilangan bo‘lsa, qarz- dordan asosiy qarz bilan birga foizlarni to‘lashni ham talab qilish.

Qarz oluvchining majburiyatlari:

  • agar qarzni qaytarish muddati kelib qolgan bo‘lsa, qarzni o‘z vaqtida qaytarish;

  • qancha miqdorda qarz olingan bo‘lsa, shuncha miqdorda qaytarish;

  • agar qarz shartnomasida qaytarish vaqtiga foiz hisoblash kerak bo‘lsa, qarzni foizlar bilan qaytarish;

  • aniq maqsadli qarz olgan bo‘lsa, qarzdan shu maqsadda foydala- nishdan iborat.

Qarz oluvchi tomonidan, qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar yoki olingan qarz ko‘zlangan maqsad bo‘yicha ishlatil- masa, qarz shartnomasining aniq maqsadli qarz shartnomasining shartiga rioya qilinmagan hisoblanadi. Bunday harakat esa qarz oluvchi tomoni- dan qarz shartnomasining buzilishi holatlari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida esa qarz beruvchi qarz olgan shaxsdan bergan qarzini muddatidan oldin qaytarib olishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, taraflar (qarz beruvchi, qarz- dor) qonunda yoki shartnomada ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarini belgilangan muddatda va lozim darajada bajarishlari kerak. Ayniqsa, qarzdor shartnomadagi tartibga rioya qilmasdan uning shartlarini buzsa, belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy javobgar bo‘lishi mumkin. Masalan, shartnomada qarz beruvchi, qarzdorga olgan qarzini belgilan- gan muddatda qaytarishini qat’iy belgilab qo‘ygan va kechiktirilgan kun uchun penya to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, qarzdor olgan qarzini qaytarishni kechiktirgan taqdirda asosiy qarz bilan birga kechiktirgan kun uchun penya to‘lashga ham majbur bo‘ladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin