kredit shartnomasi bo‘yicha nazarda tutilgan foizlarni to‘lash.
Agar kredit shartnomasiga binoan kredit oluvchi belgilangan muddat ichida kredit summasini to‘lay olmasa, kreditga berilgan narsa yoki
garov predmeti sudning qaroriga binoan kimoshdi savdosi orqali sotiladi va kredit tashkiloti hisobiga to‘lanadi.
Kredit shartnomasi konsensual shartnoma bo‘lganligi bois, shart- noma tomonlari shartnomani imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Demak, ikkala tomon ham shartnoma bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini kuchga kirgan kundan boshlab bajarishlari shart bo‘ladi. FK 746-moddada nazarda tutilgan hollardagina kredit shartnomasining subyektlari shartnoma kuchga kirgandan so‘ng kredit berishdan yoki uni olishdan bosh tortishga haqlidir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, kredit shartnomasi bo‘yicha har ikkala tarafda ham ma’lum bir huquq va majburiyatlar paydo bo‘ladi. Umumiy qoidaga ko‘ra shartnoma uni tuzgan tomonlar uchun qonuniy hujjat hisob- lanadi va unda belgilangan shartlarni bajarishga majbur bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kredit shartnomasi bo‘yicha taraflar o‘rtasida vujudga kelgan maj- buriyatlar bajarilmagan taqdirda shartnoma majburiyatini bajarmagan tomon uchun salbiy huquqiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Piravardida shartnoma majburiyatlari qonunda va shartnomada nazarda tutilgan turli usullar orqali bajarilishiga qonuniy tarzda majbur qilinadi. Majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning usullari FKning 22-bobida o‘z ifodasini topgan.
Kreditor – muayyan bir harakatni qilishni yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab qilishga haqli subyekt. Qarzdor esa muayyan harakatni qilishga yoki qilishdan saqlanishga majbur bo‘lgan tarafdir. Kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni buzganlik uchun qo‘llanila- digan sanksiya, ixtiyoriy bajarilmagan burchni majburiy ijro ettirishga qaratilgan. Olingan kredit mablag‘i ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi uchun uni majburan undirish mumkin bo‘ladi. Majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs majburiyatlarini bajarmasligi bilan kreditorning subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi.
Qarzdor tomonidan majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi – majburiyatni shartnoma yoki qonunda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq ravishda bajarmasligi tushuniladi. Agar majburiyat qarzdor tomonidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali majburiyatlarning majburiy tartibda bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Respublikamiz Konstitutsiyasining qonun-qoidalariga asoslangan holda chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda, shaxsning huquqi va erkinligini himoya qilishga oid normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda demokratiyani rivojlantirishning muhim asoslaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, yangi qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro- lik kodeksi fuqarolarning huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, shartnomaning erkinligi, xususiy ishlarga biror-bir kishining o‘zboshim- chalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymasligini, buzilgan huquqlarini tiklani- shi ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolar o‘rtasidagi tuzilayotgan har qanday shartnoma, avvalam-
bor, ularning manfaatlarini o‘zlari to‘g‘ri yo‘lga moslashtirishi kerak.
Tuzilayotgan shartnomalar qonunlarga zid hatti-harakatlar bo‘lmas- ligi kerak.
Shartnoma tuzishdan oldin, avvalo, uning huquqiy holatini yaxshilab o‘rganib, tushunib va anglab tuzish maqsadga muvofiq.