Sug‘urtaning mohiyati shundan iboratki, sug‘urta qiluvchilarning davriy badallari hisobidan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi ro‘y ber- ganda sug‘urta qildiruvchini mulkiy talofatlarini kamaytirish yoxud boshqacha talofatlarning (masalan, o‘lim, tana shikastlanishi va hokazo- lar) oqibatlarini yumshatish hisoblanadi. Bunda bir subyekt ko‘rgan zarar sug‘urta vositasida boshqa yuzlab subyektlar badallari hisobidan qop- lanadi. Biroq, bu holat o‘sha yuzlab subyektlar uchun og‘ir yuk bo‘lib tushmaydi, badal to‘lovchilar va bu badaldan real foydalangan subyektlar o‘rtasida ziddiyatlar, noroziliklarni keltirib chiqarmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi zamon iqtisodiy-huquqiy maydonda sug‘urta:
birinchidan, har qanday faoliyatda tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirish vositasi;
ikkinchidan, juda katta moliyaviy resurslarning to‘planishini va uni muomilaga kiritib kredit-sarmoya tizimini ta’minlashning qudratli manbai;
uchinchidan, kuchli erkin raqobat muhitida tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi yuridik qurilma;
to‘rtinchidan, bozor munosabatlari sharoitida barqarorlikni va muvozanatni ta’minlovchi infratuzilma tizimi vazifalarini bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi O‘RQ-358-II- sonli «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida sug‘ur- taga quyidagicha ta’rif berilgan. Sug‘urta deganda, yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek, sug‘urtalov-
chining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
Sug‘urta faoliyati deganda, sug‘urta bozori professional ishtirokchi- larining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi.
Sug‘urta shartnomasi yozmashakldatuzilishi lozim. Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga uning yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi imzolagan, sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sug‘urta qildiruvchi- ning sug‘urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug‘urtalovchidan ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug‘urta mukofoti to‘lash yoxud – sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib to‘lan- ganda – birinchi badalni to‘lash orqali tasdiqlanadi.
Sug‘urtalovchi shartnoma tuzish chog‘ida sug‘urtaning alohida tur- lari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ning o‘zi ishlab chiq- qan standart shakllarini qo‘llashga haqli.