3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Zarar yetkazishdan kelib chiqadiganmajburiyat subyektlarizarar ko‘rgan shaxs (jabrlanuvchi)vazarar yetkazuvchi (delikvent)hisoblanadi.
Bunday subyektlar qatorida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat (davlat organlari) ham bo‘lishi mumkin. Delikt munosabatlarda jabrlan- gan, ya’ni zarar ko‘rgan shaxs kreditor sifatida, zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxs qarzdor sifatida harakat qiladi.
Fuqarolik huquqining umumiy qoidasiga ko‘ra, yetkazilgan zararni qoplash uni yetkazgan shaxs (deliktvent) tomonidan amalga oshiriladi va u fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortiladi. Ammo fuqarolik huquqida har doim ham zarar yetkazuvchi va zarar uchun javobgar shaxs bir shaxs bo‘lavermaydi. Amaliyotda shunday ham bo‘ladiki, bir shaxs boshqa shaxslarning harakatlari uchun javobgar bo‘lib qoladi. Jumladan, FK 985-modda 2-qismida «Qonunda zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin» degan qoida belgilangan. Bu holda jabrlanuvchi tomonidan uchinchi shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan zararni undirib olish mumkin bo‘ladi.
Bir shaxsning g‘ayriqonuniy aybli harakati tufayli yetkazilgan zarar delikvent tomonidan emas, boshqa shaxslar tomonidan qoplanish holat- lari, zararni qoplash tartibi va qoidalari fuqarolik qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Bular jumlasiga:
«Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi» (FK 989-m.);
«Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik» (FK 990-m.);
«Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik» (FK 991-m.);
«O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik» (FK 993-m.);
«Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazil- gan zarar uchun javobgarlik» (FK 996-m.) kabilarni keltirish mumkin.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatning mazmuninijabrlangan shaxsning avvalgi holati tiklanishini yoki ko‘rgan zararlarning to‘lanishini talab qilishga bo‘lgan huquqi va yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning mazkur harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan burchitashkil etadi.
Delikt instituti, asosan, ikki turdagi vazifani bajaradi:
birinchidan, avvalgi holatni tiklash yoki zararni qoplash, ya’ni jabr- langan shaxsning buzilgan huquqlari tiklanadi hamda ko‘rgan zarari qoplanadi;
ikkinchidan, tarbiyaviy funksiyani, ya’ni qonunga xilof xatti- harakatlarning oldini olish vazifasini bajaradi.
Mazkur institutning avvalgi holatni tiklash vazifasi shundan iboratki, u g‘ayriqonuniy xatti-harakat natijasida vujudga kelgan salbiy mulkiy oqibatlarni tugatishga, chunonchi, sog‘liqni tiklashga, nobud qilingan ashyo o‘rniga yangi ashyo olishga yoki zararlangan ashyoni tuzatishga yoxud ko‘rgan zarar qoplanishiga imkon beradi.
Bu institut tarbiyaviyfunksiyasiga ko‘ra, yetkazilgan zararni undirish imkonini berish bilan qonunchilikka rioya qilish, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va boshqa manfaatlariga, shuningdek, ijtimoiy va xususiy mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, g‘ayriqonuniy xatti-harakat- larning oldini olish singari vazifalarni amalga oshiradi. Shu bilan birga delikt instituti jamiyatda fuqarolarning g‘ayriqonuniy harakatlarni qilmas- ligini, qonunchilikka rioya qilishini, ularning hayoti, sog‘lig‘i va boshqa manfaatlariga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki- ga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi, turli huquq- buzarliklarni oldi olinishiga xizmat qiladi. Jamiyat a’zolaridan huquq- buzarlikka moyil shaxslarning «yetkazilgan zarar qoplanishi muqarrar»
ekanligini tushungan holda turli huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi olinishiga yetarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatlari bilan delikt institutining bajaradigan vazifasi profilaktik xususiyatga hamda tarbiya- viy ahamiyatgaega.