Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə107/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«zararning mavjudligi». Zero, fuqarolik huquqbuzarlik hisoblanishi uchun boshqa hamma shartlar mavjud bo‘lsa-da zarar yetkazilmagan bo‘lsa, delikt javobgarlik haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas (shartnoma- viy javobgarlik bundan istisno).
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasida «zarar» tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, «zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek, bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi».
Mazkur modda mazmuniga ko‘ra zararni uch tarkibiy qismga ajratish mumkin:

  • haqiqiy zarar, ya’ni jabrlanuvchiga yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan real zarar;

  • zararni tiklash uchun qilgan xarajatlar, ya’ni jabrlanuvchi buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan barcha xarajatlari, (masalan, sud orqali tiklagan bo‘lsa, sud chiqimlari ham kiradi);

  • boy berilgan foyda, ya’ni jabrlanuvchi zarar ko‘rmaganda olishi mumkin bo‘lgan, lekin zarar yetkazilganligi uchun ololmay qolgan daromadlari kiradi.

FK 14-modda 2-qismida «agar huquqni buzgan shaxs buning natija- sida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan miq- dorda to‘lanishini talab qilishga haqli» degan qoida belgilab qo‘yilgan.
Bu o‘rinda zararni ma’naviy zarar va moddiy ziyon shaklida ekan- ligini ham ta’kidlash o‘rinlidir.

  1. sababiy bog‘lanish – tabiat va jamiyatdagi hodisalar o‘zaro aloqasining jihatlaridan biridir. Biroq u shaxsning xatti-harakatiga va bu xatti-harakat oqibatida yuzaga kelgan natijaga tegishli ijtimoiy baho berilgandagina, ya’ni bunday aloqa tabiiy tusga ega bo‘lish bilan bir qatorda ijtimoiy tusga ega bo‘lganidagina yuridik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Huquq fani va amaliyoti odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar bilan aloqadordir. Sababiy bog‘lanishlarning jamiyatdagi o‘ziga xosligi shundaki, bunda sabab sifatida doimo muayyan faoliyat, odamlarning xatti-harakatlari namoyon bo‘ladi.
Huquqni tadbiq etish amaliyotida odamlarning fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzadigan faoliyatiga duch kelinadi. Huquqbuzarlikka ko‘pincha ongli ravishda, atayin yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun ko‘p hollarda sababiy bog‘lanish to‘g‘risidagi masalani hal etishda nafaqat sababiy bog‘lanishlarning obyektiv xarakterini, balki huquqbuzarning ongli faoliyatini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Huquq sohasida duch kelinadigan sababiy bog‘lanishlarning bir qator jiddiy xos xususiyatlari mavjud bo‘lishiga qaramay, ular umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladi: sabab muayyan natijani keltirib chiqaradi, ya’ni huquqbuzarlik zararlar yoki ziyon yetkazish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Demak, yetkazilgan zararda huquqbuzar harakatining sababiy bog‘liqligi mavjud bo‘lgandagina delikt javobgarlikni keltirib chiqaradi. Boshqacha aytganda, shaxsning xatti-harakati qanchalik g‘ayriqonuniy bo‘lmasin, yetkazilgan zarar bilan uning g‘ayriqonuniy harakati o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lmas ekan, bunda uni javobgar deb bo‘lmaydi. Masalan, «sigareta chekish taqiqlanadi» belgisini ko‘rib turib o‘sha joyda sigareta chekkan shaxsning harakati g‘ayriqonuniy hisoblanishi mumkin, lekin o‘sha vaqtning o‘zida boshqa sababga ko‘ra yong‘in chiqqanda sigareta chekib g‘ayriqonuniy harakat qilgan shaxsni yong‘in oqibatida yetkazilgan zararda aybdor deb bo‘lmaydi.

  1. ayb. O‘zbekiston Respublikasi FKning bir qancha moddalarida ayb fuqarolik-huquqiy javobgarlikning shakli sifatida e’tirof etilgan.

«Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari» deb nomlangan 333-moddada ayb mavjud bo‘lganda javobgarlik to‘g‘risidagi, xususan, qarzdorning javobgarligi va javobgarlikdan ozod qilish uchun xizmat qiladigan holatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar mustahkamlangan.
«Kreditorning aybi» deb nomlangan 335-modda kreditorning aybdorlik darajasini hisobga olish to‘g‘risidagi va uni sud tomonidan javobgar- likdan ozod qilish shartlari haqidagi qoidalarga bag‘ishlangan.
Fuqarolik kodeksida aybga ta’rif berilmagan. FKning 333-moddasi aybni majburiyatni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning umumiy asosi sifatida nazarda tutadi. Mazkur moddaning birinchi qismi qoidalarida o‘zining aybsizligini isbot qilish va shu orqali o‘zini javob- garlikdan ozod qilishni istayotgan qarzdorga nisbatan qat’iy talablar qo‘yiladi. Javobgarlikni yuklash vaqtida aybning qasd va ehtiyotsizlik tufayli kelib chiqadigan shakllarini hisobga olishda aybning yuqoridagi shakllari qarzdorning emas, balki faqatgina kreditorning huquqbuzar- liklariga nisbatan qo‘llaniladi (FK 333-m.). Har qanday holatda ham ayb javobgarlikning subyektiv sharti sifatida tavsiflanadi. Ayb huquqbuzar- ning qonun yoki shartnoma orqali o‘z zimmasiga qo‘yilgan majburiyat- larga bo‘lgan munosabatini ifoda etadi.
Qarzdormajburiyat buzilganida faqat o‘zi tomonidan ayb mavjud bo‘lgan taqdirdagina javob beradi. Agar u majburiyatning buzilishida o‘z aybi yo‘qligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin (FK 333-m. 2-q.).
Qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnoma- da boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor maj-
buriyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi (FK 333-m. 1-q.). Shunday qilib, fuqarolik-huquqiy javobgarligi yuzaga kelishining uqdi- rilgan uchta sharti – qarzdor harakatlarining g‘ayriqonuniyligi, ziyon yetkazish hamda g‘ayriqonuniy xatti-harakat bilan yuzaga kelgan zarar- lar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdan tashqari – qoida tariqasida, to‘rtin- chi shart – qarzdorning aybi mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Biroq yuqori- da ta’kidlanganidek, FKda ayb bo‘lmagan holatlarda ham javobgarlik belgilanishi mumkin va bu delikt majburiyatlarda ko‘proq uchraydi.
Ba’zi olimlar huquqbuzarga fuqarolik-huquqiy javobgarlikni yuklash uchun yuqorida sanab o‘tilgan «huquqbuzarlik tarkibi»ni tashkil etgan shartlar zarur deb qaraydi. Boshqa mutaxassislar esa ushbu konsepsiyaga tanqidiy yondashib, fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan jinoiy-huquqiy munosabatlarni taqqoslamaslik, asrlar davomida amal qilib kelinayotgan sivilistika an’anasini jinoyat huquqidagi jinoyat tarkibiga aralashtirmas- lik, ayb fuqarolik huquqbuzarlik tarkibida bo‘lmagan holatlarda ham fuqarolik-huquqiy javobgarlik belgilanishi mumkinligini, ammo jinoyat huquqida esa ayb javobgarlikka tortishning eng muhim sharti ekanligi, maboda ayb bo‘lmasa, jinoiy javobgarlik ham bo‘lmasligini ta’kidlaydi- lar1. Professor O.Oqyulov esa fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish asoslarining tarkibiy qismi sifatida «javobgarlik subyektining mavjud bo‘lishi»1 lozimligini, ya’ni javobgar subyekt bo‘lmasa, javobgarlik ham mavjud emasligini aytadi.
Albatta, yuqoridagi har qaysi fikrlar o‘z huquqiy asosiga ega va ular fuqarolik-huquqiy javobgarlikning vujudga kelishini yuridik javobgar- likning umumiy qoidalariga asoslanib yoritgan. Garchi olimlarning fuqarolik huquqbuzarlik tarkibi to‘g‘risidagi fikrlari bahsli bo‘lsa-da, ammo bugun bu «tarkib» (komponent) ilmiy jihatdan qat’iy rad etilgan emas. Faqat fuqarolik-huquqiy javobgarlikni vujudga keltiruvchi asoslar tahlil qilinganda, ushbu javobgarlikning shartnomali va delikt oqibatida vujudga kelishi e’tiborga olinishi shart. Chunki shartnoma majburiyatini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik va delikt javobgarlik uchun fuqarolik huquqbuzarlikning tarkibi turlicha bo‘ladi. Bunda shartno- maviy javobgarlikda kreditorga zarar yetgazilganlik emas, shartnoma



1 Оқюлов О. Фуқаролик-ҳуқуқий жавобгарликни қўллаш асослари // Мустақил Ўзбекистон: ҳуқуқ фанларининг долзарб муаммолари. – Т., 1999. –
№ 6. – Б.75-76.
intizomi muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, delikt javobgarlikda esa zarar ahamiyatli bo‘lib, u mavjud bo‘lmasa, javobgarlik ham vujudga kelmay- di. Zotan, O.Oqyulov uqtirganidek, fuqarolik-huquqiy javobgarlikning har ikkala turi bo‘yicha tarkibiy qismlarni bir-biriga qiyoslagan holda ularning zaruriyligini mutlaq yoki nisbiy xarakteri bo‘yicha yagona konstruksiya, qolip (model)ga keltirish mumkin emas3. Boshqacha aytganda, huquqbuzarlikning umumiy tarkibini (g‘ayriqonuniy xatti- harakat, zarar, sababiy bog‘lanish va ayb) fuqarolik huquqida to‘liq qo‘llab bo‘lmaydi. Shu sabab ham shartnomali va delikt javobgarlikda ikki xil fuqarolik huquqbuzarlikning tarkibi mavjud bo‘ladi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlikni belgilaydigan huquqiy normalar Fuqarolik kodeksining 985-1022-moddalari va boshqa maxsus huquqiy hujjatlarda ifodalangan.
Zarar yetkazganlik uchun vujudga keladigan majburiyatlarga oid qonun normalarini tatbiq etishda bunday munosabatlarni huquqning boshqa bir qancha institutlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosa- batlardan ajrata bilish lozim. Yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik masalasi ba’zi hollarda huquqning boshqa sohalariga oid normalar (masalan, mehnat huquqi) hamda Fuqarolik kodeksining 985-1022-mod- dalari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning alohida turlari quyida- gilardan iborat:

  1. yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z xodimitomonidan yetkazil- gan zarar uchun javobgarligi;

  2. davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  3. surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  4. zararning o‘z javobgarligini sug‘urtalagan shaxs tomonidan to‘lanishi;

  5. o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  6. o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetma- ganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  7. ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaning voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi;

  8. muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  9. muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  10. o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  11. tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan faoliyat tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  12. birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;

  13. uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.

Shuni alohida qayd etish lozimki, fuqarolik huquqida yuqorida ro‘yxati keltirilgan zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin